Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka krediti bozorini rivojlantiriş va kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boşqaruv xodimlarining 12ta ştat birligini qöşimça ajratgan holda Arzon uy-joylar quriş davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlaştiriş va moliya bozori vositalarini rivojlantiriş boşqarmasi ta'sis etildi.
Farmonga muvofiq quyidagilar Arzon uy-joylar quriş davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlaştiriş va moliya bozori vositalarini rivojlantiriş boşqarmasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qiliş va monitoringida iştirok etiş, ular böyiça yagona ma'lumotlar bazasini şakllantiriş va yuritiş;
maqsadli dasturlarni amalga oşiriş tadbirlarini moliyalaştirişni ta'minlaş, ipoteka krediti bozorini rivojlantirişga XMI va XHMT mablağlarini jalb etişda iştirok etiş;
moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda qimmatli qoğozlarni va moliyaviy vositalarni tartibga soliş sohasida normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça, şu jumladan, ilğor jahon tajribasini va korporativ boşqaruvning zamonaviy usullarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlaş;
maqsadli dasturlarni amalga oşiriş doirasida olib borilayotgan çora-tadbirlar, belgilangan tartib-taomillar va qöllanilayotgan mexanizmlar töğrisida jamoatçilikni keng xabardor qilişni taşkil etiş.












