Nigeriyada “Boko Harom” terrorçilik guruhiga qarşi kuraşuvçi harbiy taşkilot safiga yollangan 900 ga yaqin bola ozod etildi. Bu haqda YUNISEF bayonotiga iqtibos keltirgan holda CNN Africa naşri xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, hammasi bölib 894 bola, jumladan 106 qiz ozod etilgan.
Ular Mayduguri şahridagi “Birlaşgan fuqarolik kuçlari” (CJTF) harbiy taşkiloti tomonidan yollangan bölganlar.
CJTF 2013 yilda Nigeriyadagi barqarorsizlikka qarşi kuraş uçun taşkil etilgan taşkilotdir.
“Biz bolalar uçun kuraşni yakunlay olmaymiz, çunki ular hamon jangovar harakatlardan aziyat çekmoqdalar. Biz operatsiyani Nigeriyadagi harbiy taşkilotlar saflarida birorta bola qolmagunça davom ettiramiz”, deb aytgan YUNISEFning Nigeriyadagi vakili Muhammad Foll.
YUNISEF ma'lumotlariga köra, 2013 yildan 2017 yilgaça CJTF safiga 3500 dan köproq bola yollangan. CJTF 2017 yilda bolalarni yollaşni töxtatiş haqidagi kelişuvni imzolagaç uning safidan 1727 bola ozod etilgan.
YUNISEFning ma'lum qilişiça, mahalliy ma'muriyatlar bilan birgalikda ozod etilgan bolalarni moslaştiriş böyiça dastur olib borilmoqda.












