Özbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoşida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manba xabariga köra, aktrisa Tibbiyot boş boşqarmasiga qaraşli 1-markaziy klinik şifoxonasining jonlantiriş bölimida hayotdan köz yumgan.
Yayra Abdullayeva 1930 yil 14 avgustda Toşkent şahrida tuğilgan. 1950 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan.
Aktrisa hayoti davomida yuzdan ortiq turli-tuman rol ijro etib, öz ustida tinmay işlagan zabardast ijodkor sifatida xalq mehriga sazovor böldi. U sahnadagi faoliyati bilan bir qatorda kino, televideniye va radioda ham betakror rollar ijro etdi. Jumladan, “Boy ila xizmatçi”da Gulbahor, “Stadionda uçraşamiz”da Ra'no, “Opa-singil Rahmonovalar”da Dildor, “Hamza”da Saodat hamda birinçi özbek telefilmi “Azizaxon”da Azizaxon, “Zaynab va Omon”da Zaynab, “Yettinçi öq”da Xonim kabi rollari kino san'atimiz yutuqlaridan böldi.
Respublika radiosidagi “Teatr mikrofon oldida”, “Bir aktyor teatri” kabi eşittirişlarda faol qatnaşgan aktrisa qator radiospektakllarda ham rollar ijro etgan.
Yayra Abdullayevaning sermazmun va samarali ijodiy faoliyati davlat tomonidan “Özbekiston xalq artisti” (1964) unvoni, Davlat mukofoti, “Döstlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan munosib taqdirlangan.
Kun.uz tahririyati marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.





