Avstraliyalik olimlar tuxumning muntazam iste'mol qilinişi yoşga boğliq makulyar degeneratsiyaga uçramaslikda yordam berişini isbotlaşdi. Aynan uşbu nuqson 50 yoşdan katta odamlarning köriş qobiliyatini yöqotişining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Medpulse naşri xabar berdi. 

Tadqiqotçilar 15 yil davomida 3654 kişining salomatligi ortidan kuzatuv olib borişgan. Natijada ular haftasiga 2 tadan 4 tagaça tuxum iste'mol qilgan odamlarda haftasiga bittadan kam tuxum iste'mol qilganlarga nisbatan makulyar degeneratsiya 49 foizga kamroq uçraşini aniqlaşgan. Olimlarning fikriça, bu tuxumlardagi lyutein va zeaksantin karotinoidlari bilan boğlangan, aynan şu birikmalar kasallikning avj olişiga ta'sir körsatadi.

Lyutein va zeaksantin köz tör pardasida saqlanadi. Epiteliy pigmenti, rangdor parda, tsiliar tana, közning tomir pardasi va gavharida ham uşbu birikmalar mavjud.