Ayrim holatda köpçiligimiz bolaning faqat individual rivojlanişi bilan öralaşib qoldik. Yörgakdanoq undan vunderkindni şakllantirişga harakat qilmasak ham daromadli kasbning muvaffaqiyatli egasini tarbiyalaşga intilamiz.
Rivojlantiriş mumkin bölgan barça narsalarni rivojlantiramiz. Biroq insoniy jihatlar, xulq-atvorning oddiy qoidalari esa biroz çetga çiqib qolgandek göyo. Muhimi – ğalaba sari olğa, özgalardan yomonroq bölmaslik, ulguriş va yengiş.
Hatto özimiz ham ğamxörlik va obro‘, ezgulik va haşamat örtasida töğri tanlovni amalga oşira olmaymiz. Har kim özi uçun özi javob beradigan, köpçilik özganing fikrini hurmat qilmaydigan, hayot tarzini muhokama qiladigan, faqat şaxsiy muvaffaqiyat muhim bölgan jamiyat – inqirozlarning abadiy özgarişiga mahkum. U rivojlanişga qodir emas.
Şuning uçun ham öz şaxsiyatingiz, çegaralaringiz, qobiliyatingiz va imkoniyatlaringizni himoya qiliş - töğri va ijobiy holat. Biroq özgalarning aynan şu huquqlarini tan olişingiz juda muhim.

Ezgulik, özgalarga yordam qölini uzatiş, ğamxörlik. Internet, mobil aloqa va istalgan axborotni oliş imkoniyatiga ega bolalar ota-onasi va öqituvçilari ularga hayotning faqat qora tomonlarini körsatişlariga ehtiyoj sezişmaydi. Ular buni televizion yangiliklar, Youtube’dagi roliklar orqali bilib olişadi. Aniq misollar va şaxsiy tamoyillar asosida körsatiş lozim, aks holda iş bermaydi. Ha, (yumşoq qilib aytganda) dunyo mukammal emas, biroq bu odamlar faqat bir-biriga zarar yetkazişnigina biladi degani emas. Tsivilizatsiyaning bugungi kunga qadar barhayotligining sababi - bizning ezgulik va yordamga işonçimiz.
Minnatdor böliş va «Rahmat» aytiş könikmasi. Muloyim va madaniyatli böliş – juda muhim. Bu nafaqat yaxşi xulq belgisi, balki özingizda mavjud bölganini qadrlaş va hayotni hurmat qiliş hamdir.
Yoqimli suhbatdoş böliş, muloqot qiliş könikmasi. Özgalar gapini bölmasdan tinglaş, çuqur ma'noli va tanqidli fikrlarni içda saqlay biliş – döstga ega bölişni istaydigan kişi uçun muhim xususiyatlardan biri. Albatta, hayotda suhbat quriş istagini uyğotuvçi kişilar har doim ham mavjud bölavermaydi. Jiğingizga tegadigan qöşni, ezma qarindoş ham uçrab turadi, biroq qöpollik köpinça mojaro va ziddiyatlarni keltirib çiqaradi.

Taşqi körinişning tartibliligi. Sönggi urfda kiyiniş mumkin, biroq yuvilmagan soçlar taşqi körinişga körk bermasligi va kişida işonçni uyğotmasligi aniq.
Parazit sözlar va salbiy iboralarsiz toza nutq. Barça grammatik xatolar uçun urişiş şart emas, biroq nutq madaniyati – inson uçun muayyan daraja va imkoniyat demak. Bolalarga fikrini aniq bayon etiş, öz nuqtai nazarini suhbatdoşiga yetkaza biliş, boy luğat zaxirasiga ega bölişda yordam bering. Ana öşanda ularni kelajakda köplab muammo va noqulay vaziyatlardan xalos etasiz.
Bağrikenglik (tolerantlik) – ota-onalar öz farzandlariga berişi lozim bölgan eng muhim qadriyatlardan. Butun dunyo uçun bu hali ham oğriqli nuqta. Biroq jigarbandlarimiz zöravonlik zulmni uyğotişi, sabr va özganing nuqtai nazarini qabul qiliş – özaro işonç va totuv hayot keçirişning yagona kaliti ekanini bilişi lozim.
Dunyoga ilmiy nigoh. Biz va sayyoramiz muayyan qonunlar böyiça yaşaymiz. Ilm-fan tufayli zamonaviy sivilizatsiya yutuqlariga erişilgan. Köpçilik uçun ilmiy qonuniyatlarni tuşuniş oson emas, biroq barini yuqori kuçlar tomonidan amalga oşirilgan deb tuşuniş ham ahmoqona holat. Aynan ilm-fan bolalarga hayot asosini anglaş va firibgarlar qöliga tuşib qolmaslik imkonini beradi.

Tabiatga ğamxörlik bilan munosabatda böliş. Bu masalada çiroyli va balandparvoz gaplar bilan çegaralanişning özi yetarli emas. Yölakning iflosligi, gullarning payhon qilingani, çiqindining idişga solinmasligi ustidan şikoyat qilamiz. Biroq öz-özimizni nazorat qilib, bunga farzandlarni ham örgatişni heç kim man etmaydi. Hayotda faqat iste'molçi emas, foydali bölişga ham harakat qiliş lozim.
Orzu qiliş, xayolot olamiga şönğiş, tasavvur olamini boyitiş, yangi narsalarga intiliş, öz oldiga maqsadlar qöyiş. Bu odatiy narsalardan taşqariga çiqiş, dunyoqaraşni kengaytiriş, dunyoni turli burçakdan köriş imkonini beradi.











