Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Unda «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.

Yiğilişda ta’kidlanişiça, sönggi vaqtlarda diniy bilim olişga intilayotgan yoşlar köpaymoqda. Ammo ularning bu borada tasavvurga ega bölmagani, ota-onalari yoki yaqinlari tomonidan nazoratsiz qoldirilgani oqibatida «hujra» markazlarida tartibsiz diniy ta’lim olişiga, ba’zan ekstremistik oqimlar ta’siriga tuşib qolişiga sabab bölmoqda.

Jumladan, 2019 yildan buyon diniy ta’lim oliş uçun 4 mingga yaqin bola Misrga yuborilgan. Bugungi kunda ularning ming nafaridan köproği Özbekistonga qaytarilgan, 2 ming nafarga yaqini Misrda istiqomat qilayotgan begona şaxslar qölida qoldirilgan. 200 nafaridan ortiği körilgan çoralarga qaramasdan Misrdan Turkiyaga köçib ötgan.

Xabarda keltirilişiça, qonunçilikda bu borada javobgarlik belgilanmagani sababli yuqorida ta’kidlab ötilgan salbiy holatlar köpaygan.

Şu bois, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksi yangi moddalar bilan töldiriladi. Unga köra voyaga yetmagan farzandini çet elga nazoratsiz taşlab kelgan yoki noqonuniy öquv markazlariga bergan ota-ona farzandini bir oy içida qaytarib olib kelişi lozim. Bu muddat yana bir oyga çözilişi mumkin. Aks holda ota-ona dastlab ma’muriy, keyin jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Xabarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ham ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqiş va tarbiyalaşga majbur ekani belgilangani ta’kidlanadi.