«Gözal tarbiyadan yaxşiroq meros yöq» - Islomda farzand tarbiyasi haqida
|00:20 / 19.05.202026 96310 min
Farzand – insonga berilgan bebaho ne'matlardan biri. Bola sof fitratda dunyoga keladi, uning qanday voyaga yetişi va qanday inson bölişi köp jihatdan ota-ona tarbiyasiga boğliq. Kun.uz Ramazon oyi munosabati bilan taşkil etayotgan turkum suhbatlarining bu galgi mavzusi – farzand tarbiyasi haqidagi Islom ta'limotlarini Mirzo Yusuf jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov sözlab berdi.
Islomda farzand tarbiyasi qanday bölişi kerak?
Qur'oni Karimdagi oyatlardan biri madinalik sahobalar Payğambar sollallohu alayhi vasallamga kelib, uylari uzoqlik qilayotgani bois, uylarini sotib, yaqinroq joyga köçib kelişlari haqida şikoyat qilganlarida nozil bölgan. Ya'ni uylarni sotişga hojat yöq, uzoqdan kelayotgan bölsalar, har bir bosilgan qadamlariga savob beriladi, mazmunida.
«Biz ular keltirgan qadamlarni, bosgan qadamlarni ham yozamiz va ularning asarini ham yozamiz», – deya marhamat qilingan. Tafsirlarning birida bu oyatdagi «ularning izi» degani – bu asarimiz, avlodlarimizdir, degan fikr bildirilgan.
Allohning bu oyatidan tuşunamizki, Alloh nafaqat amalimizni, balki avlodlarimiz amalini ham özimizga yozadi. Şuning uçun tarbiya vojib böladi.
Orqamizdan yaxşi tarbiyali farzand qoldiraylikki, ortimizdan faqat savob borsin, yomonlik bormasin.
Islomda tarbiya vojibdir
Tarbiya dinimizda vojib amal, deb e'lon qilingan. Biz eng köp işlatadigan tarbiya, murabbiy sözlari Allohning «Rob» ismi bilan bitta özakdan olingani tarbiyaçilar mas'uliyatini oşirsa kerak, deb öylayman.
Demak, bu yengil iş emas. Tarbiya – faqat ta'sir, tartib yoki nazorat, taftiş emas, u ilohiy narsa. Tarbiya farzandni doim nazoratga oliş, kuzatib boriş degani, çunki Alloh taolo surai Fotihaning birinçi oyatida olamlarning robbisi Allohga maqtovlar bölsin, degan.
Bu oyatda Alloh Rob ismini keltirgan. «Robbil a'lamiyn» – butun olamlarning murabbiysi degani. Agar Alloh murabbiyligi, ya'ni nazorati, kuzatuvini lahza töxtatsa, olamlar izdan çiqib ketadi.
Toşkent şahar Mirza Yusuf jome masjidi imom xatibi
Rahmatulloh domla Sayfuddinov
Farzand oq qoğoz kabidir
Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bölsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tuğiladigan bola fitratda tuğiladi, ya'ni har bir çaqaloq pokiza böladi, u oq qoğoz kabidir.
Mavzuga oid
Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga boğliqligini bildiradi. Tarbiyaga keç qolinmasa böldi.
Nasl-nasab 7 avlodgaça ta'sir qiladi
Tarbiya bolaning otasi, onasini tanlaşdan boşlanadi, çunki Rasuli akram alayhissalom aytganlar: «Munosib kelin yoki kuyov tanlanglarki, irq ötuvçidir». Ya'ni ota-onaning fe'li bolaga ötadi, şuning uçun bola yaxşi tarbiyali bölişi uçun otasi tarbiyali bölişi kerak. Onasi nasl-nasabli, pokiza, din-diyonatli bölsa, otasi ham şunday bölsa, albatta, bola nasl-nasabiga tortadi, undan qoçib ketolmaydi.
Nasl-nasabning to 7 avlodgaça ta'siri böladi.
Qarindoşlar xalifaga şikoyat qilişdi
Hazrati Umar xutba qilganlarida: «Ey möminlar, nasl-nasablaringizni suriştiringlar», dedilar. Payğambar alayhissalom hadislarini keltirdilar, ular nasl-nasabni örganişga buyurganlar.
Hazrati Umarning bu xutbalariga sabab bölgan voqea şunday ediki, ikki kişi urişib qoladi va Umar ibn Xattobga şikoyat qilib kelişadi. Şunda Hazrati Umar ularni suriştirsa, ikkovlari aslida qarindoş çiqib qolişadi. Şunda aytganlar: «Nasl-nasablaringni suriştiringlar, mehr-muhabbati ziyoda böladi».
Agar ular haqiqatan ham qarindoş ekanliklarini bilganlarida edi, urişişmasdi, şikoyat qilişga borişmasdi. Şuning uçun dinimiz nikohga buyurdi, zinoni harom qildi. Bu naslni aniqlaş, aralaşib ketmasligi uçundir.
Hizr va Muso alayhimussalomlar qissasi
Qur'oni karimda hazrati Hizr alayhissalom bilan Muso alayhissalom bir qişloqqa borganlarida qişloq ahli ularga joy, ovqat bermaydi, ammo ikkovlari şu yerdagi nurayotgan devorni tiklab qöyişadi.
Şunda hazrat Muso: «Qişloq ahli bizga yordam bermadi, siz nega eski devorni tiklab qöydingiz?» deb söraganlarida, Hizr alayhissalom tuşuntirib berganlar: «Öşa devor qişloqdagi ikki yetim bolaning devori edi. Devorning tagida xazina bor edi, agar u yiqilsa, xazina oçilib qolardi, odamlar uni talab ketişadi va ularga heç narsa qolmaydi».
Allohning istagi esa, yetimlar katta bölgunça devor yiqilmasligi, xazina oçilmasligi kerak. Şu yetim bolalarning otasi yaxşi odam bölgani bois ikki aziz bandasi – avliyo va Payğambarini Alloh hatto Qur'onda ismi ham keltirilmagan, noma'lum bölgan ikki yetim bolaga tekin mardikor qilib qöydi. Nima uçun desa, ularning otasi solih inson bölgan.
Qarang, otaning yaxşiligi tufayli Alloh Payğambarni ikki bolaga mardikor qilib qöydi. Imom Ibni Kasirning tafsirlarida öşa ota qaysi ota deganda yettinçi otasini keltiradi va u solih inson bölgandi.
Naslning e'tibori yetti naslda davom etişini psixogenetika fani ham tasdiqlaydi.
Oila qurişda nasl-nasab suriştiriladi
Nasl-nasab nima uçun doim suriştiriladi? Çunki farzand tarbiyasida nasl-nasab asosiy örin tutadi. Munosib kelin va kuyov tanlanganidan keyin, ular farzandli bölib, ota bolaga halol luqma yedirsa, u heç qaçon noqobil bölmaydi. Bu aniq şart.
Şunga binoan, oz bölsa-da, qanoat qilib, homilador bölgan onaga haloldan yedirsinlar. Homilador ona istagan narsasini ota olib kelişga harakat qiladi. Farzand tuğilganda şariat tayin qilgan masofalarda haqlar bor.
Farzand tuğilganda ota-ona zimmasidagi vojib amallar
Farzand tuğilişi bilan ota-ona zimmasiga vojib haqlar paydo böladi. Bolaga yaxşi ism berib, quloğiga azon aytişi kerak, soçini olib, sadaqa qilib, 7-14-kuni aqiqa qilinsin, deyiladi.
Aqli kirganda ta'lim beriş, voyaga yetganda uyli-joyli qiliş – bular ma'lum masofadagi haqlardir. Nima uçun ma'lum masofalardagi haqlar? Ularning hammasi ota-ona farzandini kuzatib turiş uçun.
Ota-ona keksayganida ham farzandini tarbiya yoki nazorat qila oladimi?
Ulamolar javob berişlariça, ota-ona farzandi uçun namozlarning ortida qiladigan duolari bilan nazorat qiladi. Ota-onaning yaxşi duosi bilan bolaning yomon taqdiri yaxşi böladi. Ota-onaning yomon duosi bilan yaxşi taqdir yomon ham böladi.
Şuning uçun farzand ota-onasining eng yaxşi duosini olişga çaqiriladi.
Ota-ona uçun farzand uçun katta tijorat ekanligini aytib ötgan edik, ya'ni kasodga uçramaydigan tijorat. Bu narsani ota-onasi hayot bölgan odamlar yaxşi tuşunişadi.
Şariyati Islom farzandga birinçi örinda ota-onani javobgar qilib qöygan. Ota-ona zimmasiga tarbiyani vojib qilib yuklagan. Öqituvçilar bola hayotining ma'lum qismida uning tarbiyasiga göyoki ota-onalar tomonidan yollangan murabbiylar hisoblanadilar. Ularni aybdor qiliş heç mantiqqa töğri kelmaydi.
Abu Hanifaning bir öğli bor edi. Ustozlari Hammod bin Şaraf nomlariga atab öğliga Hammod deb ism qöygandilar. Imom hazratlari katta savdogar bölganlar. U juda band edi va farzandiga avvalgi Qur'oniy ta'limni beriş uçun ustoz yolladilar. Iltimos qildilarki, öğlimizga Qur'on öqişni örgatib bering. Ustoz Hammodga surai Fotihani yodlatdi. Ustozni huzurida otasiga Hammod fotiha surasini çiroyli qilib tilovat qilib berdi.
Şunda Imom Hanifa çöntaklaridagi 500 dinorni ustozning oldiga qöydilar. 1 dinor tanga 5 gramm oltindan böladi. 500 dinor katta pul bölgan. 1 dinorga öşa mahalda katta qöy berilgan. Bu degani Fotiha surasini örgatgani uçun ustozga 500 ta qöy berildi.
Şunda ustoz biroz xijolat böldi. Hazratga juda köp pul berganligi, bitta dinor ham köplik qilişini aytganida, Imom Hanifa bir gap aytdi:
«Ustoz, xizmatingizni yengil sanamang. Bu hali yonimda bölganidir. Agar yonimda butun molim bölganida poyingizga qöygan bölardim. Öğlimga Fotihani, Qur'onning onasi bölgan surani örgatganingiz uçun».
Noqobil farzand uçun oxiratda ota-ona javobgardir
Ota-ona ustozlarning xizmatini yuksak sanaşi kerak. Ustozlarni ayblaş öz mas'uliyatini boşqaga yuklaş deganidir.
Şariatning vojib degan hukmini tuşunişimiz kerak. Bu degani mazkur iş qilinmasa yoki buzib qilinsa, ota-ona gunohkor böladi. Farzandini noqobil östirgan ota-ona albatta gunohkor böladi. Oxiratda Alloh noqobil farzandlar uçun javobgar qiladi.
Gözal tarbiyadan yaxşi meros yöq
Töğri, har bir ota-ona farzandiga faqat yaxşilikni ilinadi. Farzandi uçun ortiqça orzu-havas qiladi va ikkalasi birga işlaydi. Ota-ona farzandini tarbiya qiliş kerak bölgan paytda orzu-havas uçun tirikçilik qilişga majbur böladi, bola tarbiya oladigan yoşda töliq tarbiya ololmay qoladi.
Ammo, afsuski, ertaga orzu-havaslar ötmay qolişi bor. Aslida, orzu-havas çiroyli tarbiya bilan böladi.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Ota farzandiga çiroyli tarbiyadan köra, yaxşi odob berişdan köra yaxşiroq narsa meros qoldirmagan», degan hadislari bor.