Toşkent şahrida 2019-2020 yillarda Özbekiston Respublikasida atom elektrstansiyasi qurilişi böyiça amalga oşiriladigan asosiy çora-tadbirlar yöl xaritasini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Hujjat Boş vazir maslahatçisi, Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alişer Sultonov va Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçev tomonidan imzolandi. Kun.uz muxbiri Energetika vazirligidan olingan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Yöl xaritasi" loyihaning ikkinçi bosqiçida amalga oşiriladigan aniq vazifalarni öz içiga olgan. Jumladan, hujjatga muvofiq atrof-muhitga ta'sirni baholaş (OVOS)ning dastlabki ma'lumotlarini tayyorlaş uçun xafsizlikni asoslaş yuzasidan dastlabki hisobot tuziş böyiça körsatmalar tayyorlanadi.
Hujjatdan şuningdek, loyihani amalga oşiriş uçun şartnoma tuziş va muvofiqlaştiriş şartlari ham joy olgan.
Qayd etilişiça, "yöl xaritasi" Özbekistonning neft va gazi – OGU 2019» 23-Xalqaro körgazmasi va konferensiyasi hamda Power Uzbekistan 2019 körgazmasi doirasida imzolandi.













