Hindiston kelgusi 10 yil davomida yaqin va uzoq koinotni örganiş uçun yettita uçuvçisiz kosmik ekspeditsiyani amalga oşirmoqçi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkiloti (ISRO)ga tayanib The Economic Times gazetasi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda ISRO iyul oyida Oyga "Çandrayan-2" ekspeditsiyasini uçirişga tayyorgarlik körmoqda.  

2020 yilda kosmik radiatsiyani örganiş bilan şuğullanuvçi Xposat avtomatik stansiyasi parvoz qiladi. 2021 yilda esa Quyoşni örganiş uçun Aditya L1 kosmik stansiyasi koinotga yöllanadi.

ISRO şuningdek, Venera, Mars sayyoralariga ekspeditsiya uyuştirmoqçi. Bundan taşqari, 2028 yilga qadar Quyoş tizimi taşqarisini örganiş uçun Exoworlds avtomatik stansiyasini ham jönatiş rejalaştirilgan.