Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qiliş hamda soliqlar va bojxona tölovlari böyiça huquqbuzarliklarning oldini oliş tartibi quyidagiça:
Davlat bojxona xizmati organlari soliq tölovçilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati töğrisida ma'lumotlarni – Davlat soliq qömitasiga, soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirilgan import operatsiyalari töğrisidagi ma'lumotlarni “Özstandart” agentligiga bojxona rasmiylaştiruvidan keyin uç kun muddatda taqdim etadi.
Uşbu ma'lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining ma'lumotlar bazasida har bir import qiluvçi böyiça nazorat kartoçkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali ma'lumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etiş xavfi aniqlanadi (yuqori, örtaça, past).
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etiş xavfi past bölgan import qiluvçilar nazoratdan çiqariladi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etiş xavfi yuqori va örtaça bölgan import qiluvçilar faoliyati kameral nazoratdan ötkaziladi.
Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq tölovçiga tegişli tuzatişlar kiritiş hamda kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan bir iş kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.
Taqdim etilgan axborotlarning işonçliligini hamda import qiluvçining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qöllaşning qonuniyligini tasdiqlaş uçun joyiga çiqqan holda mavzuli ekspress-örganiş ötkaziladi.
Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uç kundan keçiktirilmay huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etiladi.












