Joriy yil 10 mayda "Ba'zi davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun asosida mamlakatda amalda bölgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining 1993 yil 2 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan "Sud, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Odil sudlov muammolarini örganiş tadqiqot markazi va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamenti xodimlarining mansab darajalari töğrisida"gi Nizomning tegişli moddalariga ham özgartirişlar kiritildi, deyiladi Oliy sud saytida.
Birinçidan, yangi qonunga asosan Nizomning nomi "Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari töğrisida"gi Nizom deb özgartirildi. Prezidentning 2019 yil 6 yanvarda qabul qilingan "Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq, yaqinda Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Odil sudlov muammolarini örganiş tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi sifatida Sudyalar oliy maktabi taşkil etildi.
Ma'lumot örnida:
Sudyalar oliy maktabi — sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşirişni amalga oşiruvçi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Sudyalar oliy maktabiga davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berildi. Uşbu oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşirişni amalga oşiradi.
Ikkinçidan, Nizomning birinçi moddasida belgilangan "Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Odil sudlov muammolarini örganiş tadqiqot markazi" degan sözlar "Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi" degan sözlar bilan almaştirildi.
Uçinçidan, sud xodimlariga beriladigan mansab darajalari qayta körib çiqildi.
Şu paytga qadar, xususan, 1-darajali adliya maslahatçisi mansab darajasi — faqat Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi boşqarmalari boşliqlariga, Kengaş kotibiga, Departament direktoriga berilgan.
Endilikda uşbu mansab darajasi — Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining örinbosariga ham beriladigan böldi.
Şuningdek, 2-darajali adliya maslahatçisi mansab darajasi — bundan buyon Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy sudining boşqarma boşliqlari örinbosarlariga va bölim boşliqlariga, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamçilariga, Kengaşning yetakçi inspektorlariga va birinçi bölimi mudiriga, Oliy maktabning bölim boşliqlariga, kafedra öqituvçilariga, Departamentning bölim va hududiy bölimlari boşliqlariga beriladi.
Öz navbatida, 3-darajali adliya maslahatçisi mansab darajasi — endilikda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boşliğiga, Özbekiston Respublikasi Oliy sudining bölim boşliqlari örinbosarlariga, boş va katta konsultantlariga, Kengaşning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, boş va yetakçi mutaxassislariga, Departamentning boş mutaxassislariga, kadrlar böyiça boş inspektoriga va yuriskonsultiga beriladigan böldi.
Avvalgi tahriri
Kiritilgan özgartiş
1-darajali yurist
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlarining, iqtisodiy sudlarining, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining bölim boşliqlariga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlarining, iqtisodiy sudlarining boş mutaxassislariga (boş konsultantlariga), sudya katta yordamçilariga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari sudyasining katta yordamçilariga, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining yordamçilariga, Markazning kadrlar böyiça katta inspektoriga, Departamentning boş mutaxassislariga, kadrlar böyiça boş inspektoriga va yuriskonsultiga;
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toşkent şahar sudining, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining bölim boşliqlariga,
boş mutaxassislariga,
sudya katta yordamçilariga,
Oliy maktabning devonxona mudiriga,
arxiv mudiriga;
2-darajali yurist
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlarining, iqtisodiy sudlarining katta mutaxassislariga (katta konsultantlariga), Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlarining, iqtisodiy va ma'muriy sudlarining, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining devonxona mudirlariga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolik va jinoyat işlari böyiça sudlarining, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining malaka hay'atlari kotiblariga, Departament hududiy bölimlarining boş mutaxassislariga;
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toşkent şahar sudining, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta mutaxassislariga,
devonxona mudirlariga,
sudyalar malaka hay'atlari kotiblariga,
Departament hududiy bölimlarining boş mutaxassislariga;
3-darajali yurist
Fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman (şahar) sudlarining, jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudlarining, tumanlararo, tuman (şahar) iqtisodiy sudlarining sudya yordamçilariga, devonxona mudirlariga, tuman (şahar) ma'muriy sudlarining sudya yordamçilariga, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamçilariga beriladi.
tumanlararo, tuman (şahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamçilariga,
devonxona mudirlariga;
Qonunda, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Kengaş raisi yuqorida nazarda tutilmagan lavozimni ştat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglaştirişga hamda 1-darajali adliya maslahatçisi va ungaça bölgan mansab darajasini berişga haqliligi belgilab qöyildi.
Attestatsiya komissiyasi — rais, rais örinbosari, beş nafar komissiya a'zolari hamda mas'ul kotibdan iborat tarkibda Oliy sud raisining taklifiga asosan Oliy sud Rayosati qarori bilan tasdiqlanadi.
Oliy sud Rayosatining 2017 yil 30 avgustda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamenti va uning hududiy bölimlari xodimlariga mansab darajalarini beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi qarorida uşbu mansab darajalarini oliş böyiça tartib-taomillar közda tutilgan.
Xususan, qarorning 1-ilovasiga asosan "Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamenti va uning hududiy bölimlari xodimlariga mansab darajalarini beriş tartibi töğrisida Nizom" tasdiqlangan. Nizom asosida mansab darajalari Sud va Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamenti va uning hududiy bölimlari xodimlariga mansab darajalarini beriş böyiça attestatsiya komissiya-sining xulosasiga asosan Oliy sud raisi tomonidan beriladi.
Har bir mansab darajasida böliş muddati ijobiy attestatsiya mavjud bölgan taqdirda, 3, 2, 1-darajali yuristlar uçun ikki yarim yilni, 3 va 2-darajali adliya maslahatçilari uçun tört yilni taşkil qiladi.
Xodimga muddatidan oldin yuqoriroq mansab darajasi unga avval berilgan mansab darajasida böliş muddati tugamagan taqdirda ham berilişi mumkin.












