Uganda ğarbidagi Albert kölida qayiqning töntarilişi oqibatida 2 kişi halok böldi, 30 dan köproq odam bedarak yöqoldi. Bu haqda Daily Monitor mahalliy naşri guvohlarga tayanib ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, motorli qayiqda mahalliy futbol jamoasi öyinçilari va muxlislar bölgan. Guvohlardan birining ta'kidlaşiça, qayiqda 50 dan köproq odam bölgan. “Qayiq jönagan joyidan taxminan 300 metrlar uzoqlikda çökib ketgan”, deb aytgan yoşlar taşkiloti raisi Sadi Nyanjireki.

Uning ta'kidlaşiça, fojiaga qayiqning haddan ortiq yuklanişi hamda tölqinlarni hosil qilgan kuçli şamol sabab bölgan bölişi mumkin.

Mahalliy aholi 20 kişini qutqarişga muvaffaq bölgan. Naşrning omon qolgan bir ayolga tayanib xabar berişiça, qayiqda darça bölgan va u orqali qayiqqa suv kirgan.

NTVUganda mahalliy telekanalining politsiyaga tayanib xabar berişiça, kamida 16 kişi bedarak yöqolgan, 32 ga yaqin yölovçi qirğoqqaça suzib bora olgan bölişi mumkin.