Yaylovlar töğrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qonunga muvofiq, yaylovlar çorva mollari uçun ozuqa bölgan ösimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.
Toğdagi yaylovlar mavsumiy bölib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.
Yaylovlardan foydalanuvçilar yaylovlardan birgalikda foydalaniş hamda ularni muhofaza qiliş uçun yaylovlardan foydalanuvçilar birlaşmalarini taşkil etişga haqli.
Yaylovlar doimiy egalik qilişga, ijaraga va vaqtinça foydalanişga hokimlarning qaroriga köra berilişi mumkin.
Örmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat örmon xöjaligi organlarining ruxsatnomasi böyiça foydalaniladi.
Yaylovlardan foydalanganlik uçun haq yer soliği yoki ijara haqi tarzida undiriladi.
Yaylovlardan foydalaniş huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yuridik şaxs tugatilganda;
jismoniy şaxs vafot etganda;
yaylovlar berilgan muddat tugaganda;
boşqa maqsadda foydalanilganda;
oqilona foydalanilmaganda;
yaylov yerlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun olib qöyilganda;
yaylovlardan foydalanişdan ixtiyoriy ravişda voz keçilganda.












