Taqdimotda qayd qilinişiça, mamlakatimizda 21 million 255 ming gektar yaylov mavjud, biroq ularning atigi 40 foizidan samarali foydalanilmoqda. Davlat rahbari uşbu katta imkoniyatni töliq işga soliş yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda favqulodda muhim ekanini körsatib ötdi.

Yaqinda yaylovlardan samarali foydalaniş böyiça imzolangan Prezident qarori ijrosini taşkil etiş vazifalari belgilandi. Hokimlar oldiga yil yakunigaça 620 ming gektar, kelgusi yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklaş va hosildorligini oşiriş vazifasi qöyildi. Ular Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi bilan bir oy muddatda degradatsiyaga uçragan maydonlarni joriy yilda 10 foizga, kelasi yili 20 foizga qisqartiriş böyiça kompleks dasturlarni tasdiqlaydi.

Navoiy viloyatida mahalliy byudjetdan ajratilgan 30 milliard söm hisobiga “Kengsoy” nasos stansiyasi rekonstruksiya qilinib, 20 ming gektar yaylov özlaştirilmoqda. Bu imkoniyatdan foydalanib, 11 ta tadbirkor suv havzalari quriş va yomğirlatib suğoriş texnologiyasini joriy etişga kirişgan. Natijada uşbu maydonlarda 60 ming boş qoramol uçun yiliga 250 ming tonna ozuqa yetiştiriş imkoniyati paydo böladi.

Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumanida esa 1 ming 332 gektar yaylovda pivot suğoriş tizimi joriy etilib, mahalliy şaroitga mos yangi ozuqabop ösimliklar ekilmoqda. Uşbu tajribani Muborak va Dehqonobod tumanlarida ham yölga qöyiş, şuningdek, bir yil içida jami 9,4 ming gektar uruğçilik maydonini taşkil etiş topşirildi.

Yaylovlarni suv bilan taʼminlaş uçun moliyaviy manbalar ham belgilandi. Yaylovlar ijarasidan tuşadigan mablağlar hududiy yaylov xöjaliklari ixtiyorida qoldiriladi. Uşbu mablağlar hisobidan qöşimça 448 ta quduq qazilib, kelgusi yilda 1,5 million gektar yaylovning suv taʼminoti yaxşilanadi. Yil yakunigaça 1 ming 600 ta quduq taʼmirlanadi.

Qolaversa, byudjetdan ajratilgan 100 milliard söm hisobidan joriy yilda 161 ta, 2027 va 2028-yillarda 81 tadan – jami 323 ta suğoriş inşooti barpo etiladi. Bu 969 ming gektar yaylovni tiklaş imkonini beradi.

Yaylovlardan uzoq yillardan buyon foydalanib kelayotgan çorvadorlarning huquqlarini rasmiylaştiriş masalasi ham körib çiqildi. Hozir 260 ming boş çorva boqilayotgan 623 ming gektar yaylovni amaldagi foydalanuvçilar nomiga rasmiylaştiriş uçun tegişli komissiyaning vakolati yil oxirigaça uzaytiriladi.

Olis hududlardagi aholi öz xonadonlaridagi çorvani ötlatişi uçun jamoat yaylovlari taşkil etiladi. Yil yakunigaça 470 ta mahallaga 627 ming gektar yaylov 49 yilga bepul ijaraga beriladi. Uşbu maydonlar soliqdan ozod qilinadi.