Indoneziya hukumati Jakartada saylovlar natijalari e'lon qilinganidan söng boşlangan namoyişlar ortidan ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali fotosurat va videoroliklar yuklaşni çeklab qöydi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi xabar bermoqda.

"Yolğon xabarlar va iğvogarliklarga yöl qöymaslik uçun ijtimoiy tarmoqlarning ayrim funksiyalaridan foydalanişga vaqtinça çeklov örnatdik", - dedi Indoneziya siyosat, huquq va xavfsizlik masalalari böyiça vaziri Viranto.

Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Rudiantarning sözlariga köra, çeklovlar ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda viderolik va fotosuratlar yuklaşga tegişli. Vazir bu vaqtinçalik çeklov ekanligini ta'kidladi.

Indoneziya markaziy saylov komissiyasi duşanba kuni 21 aprelda bölib ötgan saylovlar natijalarini ma'lum qildi. Amaldagi prezident Joko Vidodo 55,5% ovoz bilan ğolib çiqdi. Uning raqibi Prabovo Subianto esa 44,5% ovoz oldi.

Seşanba kuni Subiantoning tarafdorlari namoyişga çiqişdi, çorşanba kuni ham namoyişlar davom etdi. Poytaxt gubernatori Anisa Basvedanatning aytişiça, Jakartada namoyişlar vaqtidagi töqnaşuvlarda olti kişi halok bölgan va 200 kişi yaralangan.