Iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekistonda avtomobillar işlab çiqariş böyiça yangi korxonalarni taşkil etiş yuzasidan öz fikrini bildirdi.

«Rostini aytganda, Özbekiston avtomobil bozorida raqobatni rivojlantiriş haqida gapirişayotganda asosan yangi korxonalar taşkil qilişni nazarda tutişlari men uçun tuşunarsiz. 

Bu katta xato. Biz yana bir neçta işlab çiqaruvçilarga bardoş bera olmaymiz! Ular bizga kerak emas! Bu sohada kölam va miqyos effekti har qanday boşqa joydan kuçli işlaydi: kiçik hajmdagi sotuvlarga ega bölgan işlab çiqaruvçilarda muqarrar ravişda yuqori tannarx böladi», - deya ta'kidlab ötdi u.

Iqtisodçining fikriga köra, uşbu bozorda monopoliyani yöq qiliş uçun import böyiça bojxona tölovlarini «oqilona» darajaga tuşiriş kerak. Şunda iste'molçilar tanlovga, avtomobilsozlik raqobatçilarga, budjet esa bozordan daromadlarga ega böladi (hozirda importning juda kam miqdorlari tufayli deyarli tölanmayotgan bojxona tölovlari).

«Faqat qimmatbaho ehtiyot qismlar va avtomobillar sotuvi uçun «şapkalar» orqali pul orttirayotgan korrupsionerlar, şuningdek, raqobatli işlab çiqarişni yölga qöya olmaydigan samarasiz menejyerlargina yutqazadi», - deya hisoblaydi u.

Avvalroq, Yuliy Yusupov Kun.uz’ga Özbekiston avtomobilsozlik sanoatini qanday qilib raqobatbardoş qiliş mumkinligini aytgandi.