21 may kun oqşomda Avstraliya janubida meteor kuzatildi. Astronom Devid Finleyning ta'kidlaşiça, samo jismi Adelaida şahridan 400 km janubda okeanga tuşgan. Uning oğirligi 20-40 tonnaga baholangan, ölçami esa avtomobildek kelgan. Sayyoramiz atmosferasiga kiriş vaqtida 40 ming km/soat tezlikka ega bölgan meteoroid osmonda portlagan. Portlaş kuçi trotil ekvivalentida 1,6 kilotonnani taşkil qilgan – bu Yaponiyaning Xirosima şahrida portlagan atom bombasi kuçining öndan birini taşkil qiladi.
Astronomning aytişiça, meteoroid portlaş vaqtida bölaklarga bölinib ketgan bölsa-da, aholi punktlariga xavf solgan, çunki yerga uning 3-4 tonnalik bölaklari tuşişi mumkin bölgan. Toşlar uylar va avtomobillar tomlarini teşib ötişi mumkin edi.
NASA’ning reaktiv tezlik laboratoriyasi xodimi Stiv Çeslining aytişiça, bu meteor AQŞ milliy aerokoinot agentligi standartlariga köra ança kiçik bölgan. Samo jismi yoşi 10 mln yilni taşkil qiladi, paydo bölgan yeri esa Mars ortidagi asteroidlar kamari hisoblanadi. Olim meteorni kiçik avtomobildek kelişini aytgan va bunday ölçamdagi obektlar sayyoramiz atmosferasiga yiliga taxminan 3-6 marta tuşişini qöşimça qilgan.








