Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maşhur nemis yozuvçisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toşkentning Gyote instituti filiali joylaşgan maydon (skver)ga uning nomini beriş töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça şahar komissiyasining maşhur nemis yozuvçisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toşkentning Gyote instituti filiali joylaşgan maydon (skver)ga uning nomini beriş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Toşkent şahar Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi (Ğ.Rasulov), Obodonlaştiriş boş boşqarmasi (A.Rizaşov), Içki işlar boş boşqarmasi (R.Jörayev), Yunusobod tuman hokimligi (R.Usmonov), hokimlik tizimidagi boşqarma, taşkilot va muassasalar maydon (skver)ning yangi nom berilişi munosabati bilan tegişli işlarni amalga oşiriş yuzasidan belgilangan tartibda zarur çoralarni köradi hamda hujjatlarga özgartirişlarni kiritadi.
Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining ijtimoiy-madaniy rivojlaniş masalalari böyiça doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.












