Xurmo supermahsulotlarga kirmasa ham özining foydali xususiyatlari böyiça ularga ança yaqin. Uning tarkibida salomatlik uçun zarur moddalar köpki, muntazam iste'mol qiliş muhim. Mevani bir hafta davomida iste'mol qiling. Tanangizdagi özgarişlarni esa özingiz his etasiz.

AdMe.ru xurmoning foydali jihatlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi. Umid qilamizki, ular bilan tanişgaç, mahsulotni ratsioningizga kiritasiz.

Foto: Pixabay

1. Suyaklar holati yaxşilanadi

Şimoliy Dakota universiteti fan doktori va professor Juliya Garden-Robinsonning sözlariga köra, xurmo tarkibidagi bor suyaklarni mustahkamlaydi. Boşqa tadqiqotlarda esa quruq mevalar, jumladan, xurmo tarkibida fosfor, kaliy, magniy va boşqa minerallar katta miqdorda. Bu moddalar suyaklarni mustahkamlaydi va osteoporoz hamda boşqa kasalliklarga qarşi kuraşda yordam beradi.

2. Ovqat hazm qiliş yaxşilanadi

Xurmo ovqat hazm qilişning normal faoliyati uçun zarur bölgan tolalarga boy. Ular iç qotişining oldini olib, içaklarning tozalanişiga hissa qöşadi. British Journal of Nutrition jurnalida e'lon qilingan tadqiqot natijalari xurmo iste'mol qiladigan kişilarning ovqat hazm qiliş tizimi ularni iste'mol qilmaganlarga qaraganda yaxşiroq işlaşini körsatgan.

3. Xurmo zöriqiş va depressiyaga qarşi kuraşda yordam beradi

Xurmo tarkibida V6 vitamini bor. U organizmga seratonin va noradrenalin işlab çiqarişda yordam beradi, u miya salomatligini yaxşilaydi. Seratonin kayfiyatimizni nazorat qilsa, noradrenalin zöriqişga qarşi kuraşadi.

Bu tadqiqot organizmda V6 vitaminining past darajasi depressiya rivojlanişi omillaridan biri ekanligini aytadi. Bu vitaminni qança köp iste'mol qilsak, özimizni ham jismonan va ruhan yaxşiroq his qilamiz.

4. Quvvat beradi

Kletçatka kaliy, magniy, vitamin va antioksidantlarga boy. Bu esa ularni tamaddi uçun ideal yegulikka aylantiradi. Fruktoza va glyukoza miqdori yuqori bölgani uçun ular organizmni şakar bilan töyintiradi va quvvat beradi.

Yaqinda ötkazilgan tadqiqot natijalari esa xurmo quvvat darajasini oşiribgina qolmay, organizmga maşğulotlardan keyin tezda tiklanişda yordam berişini ham körsatgan.

Foto: Pixabay

5. Yurak kasalliklarining oldini olişda yordam beradi

Tadqiqot davomida olimlar xurmo triglitserid darajasini kamaytirib, organizmdagi oksidlaniş jarayonlarini sekinlaştirişi haqida xulosa qilişgan. Bu esa öz navbatida yurak qon-tomir kasalliklari, xususan ateroskleroz rivojlaniş ehtimolini kamaytiradi.

Bundan taşqari, mahsulot kaliyga boy, demak u arterial qon bosimni pasaytiriş va insult xavfini kamaytirişda yordam beradi.

6. Yöğon içak saratoni rivojlaniş xavfini kamaytiradi

Xurmo ovqat hazm qiliş tizimi va içaklarni zararli bakteriyalardan himoya qilib, ularning yöğon içakka tarqalişiga tösqinlik qiladi. Ovqatlaniş fanlari departamenti tadqiqoti mevani muntazam iste'mol qilgan kişilar organizmida yöğon içakni saraton hujayralari rivojlanişidan himoya qiladigan foydali bakteriyalar köp bölişini körsatgan.

7. Mavsumiy allergiya belgilarini yengillaştiradi

Har yilgi allergiyaga AQŞning özida 30 million kişi duçor böladi. Ayrim mahsulotlar, xususan xurmo yoqimsiz belgilarni yengillaştirişda yordam beradi. Ötkazilgan tadqiqotlar xurmo palmalari allergiyadan aziyat çekadiganlarda yalliğlaniş belgilarining paydo bölişini kamaytirişini körsatgan.

Foto: Pixabay

8. Ozişga hissa qöşadi

Meva ozişni istaganlar uçun ham foydali. Birinçidan, xurmo tarkibida uzoq vaqt davomida töqlikni his etişga majbur qiladigan oziq tolalari mavjud. Bundan taşqari, kuçli oçlikni çaqiradigan qondagi glyukoza körsatkiçining özgarişining oldini oladi.

Ikkinçidan, xurmo tarkibida antosian, fenol va karotinoid kabi köplab antioksidantlar mavjud. U organzmni zaharli moddalardan xalos etadi, ovqat hazm qiliş tizimini qöllab-quvvatlaydi va moddalar almaşinuvini tezlaştiradi va natijada vazn yöqotilişiga olib keladi.

Siz ham xurmoni yaxşi körasizmi? Uning foydali xususiyatlarini his etganmisiz?