Vazirlar Mahkamasining 25.05.2019 yildagi «Farğona neftni qayta işlaş zavodi» MÇJning ustav kapitalidagi davlat uluşini sotiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi 431-son qaror qabul qilindi.
 
Norma’ning yozişiça, hujjat 10.04.2019 yildagi PQ–4275-son qarorning ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan bölib, u bilan «Farğona neftni qayta işlaş zavodi» MÇJ (FNQIZ) ustav kapitalidagi davlat uluşini «RT Trans Asia Resources» kompaniyasi (Indoneziya) yoki uning 100 foiz uluşli şu'ba kompaniyasiga (bundan keyin – investor) sotişning asosiy şartlari tasdiqlangan. 
 
Işçi guruh taşkil qilinadi, u quyidagilarni ta'minlaydi:

• FNQIZning bozor qiymati baholanişini taşkil qiliş;
• FNQIZning asosiy vositalari, tayyor mahsulot qoldiqlari, xomaşyo va tarkibiy qismlarni, şuningdek debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda boşqa majburiyatlarini xatlovdan ötkaziş;
• yuridik, moliyaviy va boşqa turdagi audit jarayonlarini ötkaziş, şuningdek FNQIZni modernizatsiya qiliş rejasini tayyorlaş va taşqi moliyalaştirişni jalb etiş uçun barça zarur moliyaviy va texnik hujjatlarni investorga taqdim etiş;
• investor bilan FNQIZning ustav kapitalidagi davlat uluşini oldi-sotdi şartnomasi yuzasidan muzokaralar ötkazilişi va b. 
 
FNQIZning ustav kapitalidagi davlat uluşining bozor qiymati mustaqil xalqaro baholaş kompaniyasi tomonidan xalqaro baholaş standartlariga muvofiq baholanadi (uning muddati 3 oydan oşmasligi lozim) va uning asosida tomonlarning muzokara pozitsiyalari şakllantiriladi.
 
«Özbekneftgaz» AJ tayyor mahsulot, xomaşyo, tarkibiy qismlarni sotişdan olingan daromadlar hamda FNQIZning debitorlik qarzlarini undirişdan tuşgan mablağlar hisobidan FNQIZ majburiyatlari qoplanişini ta'minlaydi.
 
Investor ustav kapitalidagi davlat uluşini sotib olgandan keyin FNQIZdan birinçi yil foydalaniş davomida quvvatlarni optimal yuklaş uçun kamida 120 mln AQŞ dollari miqdorida zavodning oborot kapitali uçun mablağlarni jalb etadi hamda Yevro-4 va Yevro-5 talablariga javob beradigan avtobenzin va dizel yoqilğisi, II va III guruhlardagi API standarti böyiça yoğlaş uçun işlatiladigan moylarni işlab çiqariş böyiça FNQIZni modernizatsiya qiliş dasturini işlab çiqadi.
 
FNQIZga egalik qiliş huquqi investorga ötganidan keyin zavod narx belgilaş usullari, şu jumladan öz mahsulotini sotiş narxini bozor şaroitlaridan kelib çiqib, mahalliy va xalqaro bozorlarni hisobga olib, boşqa vositaçilar iştirokida özi işlab çiqaradigan mahsulotni sotiş böyiça heç qanday talablarsiz, Özbekiston monopoliyaga qarşi qonun hujjatlariga majburiy tartibda rioya etgan holda mustaqil ravişda belgilaydi.
 
Hujjat 27.05.2019 yildan kuçga kirdi.