Yuz yillardan buyon dunyo xalqlari qatorida Markaziy Osiyo xalqlari orasidan yetişib çiqqan sarkardalar, yölboşçilar haqida ma'lumotlar yozma manbalarda öz aksini topib keladi. Ulardan ba'zilarining nomlari asrlar oşa avloddan-avlodga ötib kelmoqda. Öz faoliyati bilan zamonasida tub burilişlar yasab, buyuk işlarni amalga oşirib, ovozasi uzoqlarga yoyilgan önlab ajdodlarimiz — davlat boşliqlari-yu, harbiy sarkardalar ham borki, ularning faoliyatini manbalar asosida obektiv örganiş tarixdagi böşliqni töldirib, voqealar zanjirida öz örnini topadi.
Ötmiş tariximizda Samarqandda ulkan obodonçilik işlarini amalga oşirgan, öz hukmronligi davrida şahar ravnaqini ta'minlagan hukmdorlardan biri Bahodir Yalangtöş (1576 – 1656) bölib, uning şaxsiyati, tarixda tutgan örnini örganiş va jamoatçilikka yetkaziş bugungi fan oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Şu örinda, Yalangtöş Bahodir faoliyatiga doir ba'zi ma'lumotlarni keltirib ötiş lozim, — deydi Kun.uz’ga SamDU dotsenti Erkin Musurmonov. — U aştarxoniylar davridagi harbiy-mulkdor zodagonlarning yirik vakili bölib, bir qança turkiy xalqlar tarkibiga kirgan yirik Olçin uruğiga mansub bölgan.
U 1576 yilda Nurota hokimi oilasida tuğilgan. Yalangtöş Bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II nazariga tuşgan va uning homiyligida maxsus harbiy maktabda öqigan (1590–93). Özining davlat oldidagi munosib xizmatlari evaziga dastlab Bulunğur, Loyiş, Kattaqörğonda tumanboşi lavozimida işlagan (1593–95) Yalangtöş Bahodir, 1611 yil Aştarxoniy Imomqulixonni taxtga ötqazişda faol qatnaşgan.
Şundan söng uning mavqeyi ortgan, u Samarqandni 1626 yildan amalda mustaqil idora eta boşlagan, unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtöş Bahodir Buxoro xonligining barça harbiy amaliyotlarida faol iştirok etgan. Çunonçi, 1623 yil va 1631 yil Eron qöşinlari Balx viloyatiga kelganda Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtöş Bahodir boşçiligida katta qöşin yordamga kelgan.
1640 yil Imomqulixon Moskvaga elçilar orqali noma yöllab, unda Rus davlatining qalmiqlarga qarşi kuraşida Yalangtöş Bahodir boşçiligida 12 amir va katta qöşin yuborişga tayyor ekanligini bildirgan. 1642 yil Imomqulixonning közi kör bölib qolganda Yalangtöş Bahodir va amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga ötqazişgan. Nadr Muhammad Yalangtöş Bahodirga Kobul atrofidagi Darai-Suf viloyati, Mölğon, Kahmerdni hamda tulkiçi, sayqançi, zirangi, kilaçi, hazora-nikudariy qabilalarini ötovlari bilan qöşib iqto tarzida in'om etgani ma'lum.
Yalangtöş Bahodir mamlakatda xondan söng eng badavlat şaxs bölgan. 1645 yilda u Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallaşib qolib, Xöjandda xonga qarşi kötarilgan amirlar isyoniga boşçilik qilgan. Buxorodan isyonni bostiriş uçun yuborilgan Abdulaziz Sulton asir olingan, isyonçilar Buxoroga yuriş qilişgan. Ular Buxoro ğarbidagi Oqtepa mavzesida Abdulazizni xon deb e'lon qilib, söngra poytaxtni qamal qilişgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan söng şaharni tark etişga majbur bölgan. U boburiylar sulolasi vakili Şoh Jahondan yordam söragan. 1646 yil Şoh Jahon Balxga kenja öğli Murodbaxşni katta qöşin bilan jönatgan. Bu qöşin Balx viloyatini himoya qiliş örniga uni bosib olgan. Boburiylar Balxda 2 yildan oşiq hukmronlik qilişgan, biroq u yerda mustahkam örnaşa olişmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kişilik qöşin bilan Balxga yuriş qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qöşin tarkibida Yalangtöş Bahodir boşçiligidagi qöşin ham bölgan.








