Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi online” tomonidan e'lon qilindi.
Qonun bilan Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
90-modda (Ov qiliş yoki baliq tutiş qoidalarini, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«90-modda. Ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş
Ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini, şuningdek hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş, –
fuqarolarga eng kam iş haqining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan xuddi şunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş, –
şu huquqbuzarlikni sodir etiş quroli va aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan xuddi şunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo çorasi ikki marta qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş, –
şu huquqbuzarlikni sodir etiş quroli va aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining ön beş baravaridan yigirma baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma beş baravarigaça miqdorda jarima solişga yoxud şu huquqbuzarlikni sodir etiş quroli va aşyolarini musodara qilib, uç yilgaça muddatga ov qiliş huquqidan mahrum etişga sabab böladi.
Tegişli ruxsati bölmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qiliş yoki baliq ovlaş, –
şu huquqbuzarliklarni sodir etiş quroli va aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining ön beş baravaridan yigirma baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma beş baravarigaça miqdorda jarima solişga yoxud şu huquqbuzarliklarni sodir etiş quroli va aşyolarini musodara qilib, uç yilgaça muddatga ov qiliş huquqidan mahrum etişga sabab böladi»;
quyidagi mazmundagi 90-1-modda bilan töldirildi:
«90-1-modda. Ov qiliş va baliq ovlaşning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlaş, olib kiriş, saqlaş, taşiş yoki yuboriş, oliş yoxud sotiş
Ov qiliş va baliq ovlaşning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlaş, olib kiriş, saqlaş, taşiş yoki yuboriş, oliş yoxud sotiş, –
huquqbuzarlik quroli va aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan xuddi şunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiş, –
huquqbuzarlik quroli va aşyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining yetti baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi».












