Farğona va Öş davlat universitetlari olimlari Kampirobod havzasida qöşma ixtiologik ekspeditsiya ötkazdi. Mutaxassislar olti kun davomida 14 turdagi baliqni aniqlaşdi.

Tadqiqotlar Kampirobod suv omboriga quyiladigan Qurşob, Qoradaryo, Yassi, Zerger va Keldyuk daryolarining quyi oqimida olib borildi.

Mutaxassislar aniqlangan ikki turdagi baliqdan molekulyar-genetik tahlil ötkaziş uçun namunalar oldi. Qöşimça tadqiqotlar laboratoriya şaroitida amalga oşiriladi.

Olimlarning ma’lumot berişiça, aniqlangan 14 tur röyxatiga Kampirobod suv omborida keng tarqalgan oddiy sazan, oq döngpeşona va qiliçbaliq kiritilmagan.

Tadqiqot yakunlari böyiça universitetlar ixtiologiya va bioxilma-xillikni örganiş sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi.