Germaniya Federativ Respublikasi federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Toşkentdagi Gyote institutida böldi. Uşbu muassasa oldidagi maydonda bunyod etilgan Yohann Volfgang Gyote haykali va boği oçiliş marosimida qatnaşdi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.

Frank-Valter Ştaynmayyer Özbekistonda Gyote siymosiga ehtirom mamlakatlarimiz örtasidagi döstona munosabatlarni yangi ruhda davom ettirişga, madaniy-ma'rifiy aloqalarning yanada mustahkamlanişiga xizmat qilişini ta'kidladi.

Oliy martabali mehmon Toşkentdagi Gyote instituti faoliyati bilan tanişdi, institutda til örganayotgan yoşlar, madaniyat va san'at namoyondalari, ilmiy doiralar va keng jamoatçilik vakillari bilan suhbatlaşdi.

Federal prezident ikki hamyurtimiz – Germaniyaning Özbekistondagi elçixonasi tarjimoni Mukarram Karimova va Marğilon şahridan nemis tili öqituvçisi Lidiya Osinani “Bundesverdienstkreuz” (“Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat körsatgani uçun”) ordeni bilan mukofotladi.












