2019 yilning 30 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan 156 nafar Özbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toşkent şahriga olib kelindi.
TIV bayonotida aytilişiça, ular aldov yöllari bilan Yaqin Şarqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.
Uşbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga töliq rioya etgan holda, şuningdek, xalqaro gumanitar huquqning me'yor va tamoyillaridan kelib çiqib amalga oşirilgan.
Xorijiy jangari-terroristlar bilan aloqador hamda terrorizm qurbonlari bölişi mumkin bölgan ayollar va bolalarga yordam körsatiş muhimligi BMT Xavfsizlik kengaşining 2396-rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan.
Oğir hayotiy davrni boşdan ötkazib, Vatanga qaytgan hamyurtlarimizga Özbekiston hukumati reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslaşişlari uçun har tomonlama yordam körsatadi. Ularning tibbiy yordam va psixosotsial kömakdan foydalanişlari, ta'lim va boşqa ijtimoiy dasturlarda iştirok etişlari ta'minlanadi. Qutqarilgan vatandoşlarimizning tinç hayotga qaytişlari uçun, xususan ularni tegişli boşpana va iş örni bilan ta'minlaş borasida zarur şaroitlar yaratiladi, deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, barça musulmonlar uçun muqaddas bölgan Ramazon oyida fuqarolarni qutqariş böyiça muvaffaqiyatli amalga oşirilgan gumanitar missiya Özbekiston Taşqi işlar vazirligi, maxsus xizmatlari va boşqa idoralarining muvofiqlaştirilgan harakatlari samarasidir.
Qator xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar, jumladan Xalqaro Qizil xoç qömitasi va YuNISEF tomonidan muhim kömak körsatilgan. Özbekiston tomoni mazkur tadbirda iştirok etgan barça hamkorlariga fuqarolarning Vatanga eson-omon qaytarişda körsatgan yordami uçun minnatdorçilik izhor etgan.
Turli sabablarga köra begona yurtlarda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarga ularning barçasi Özbekiston Respublikasi himoyasida ekanliklarini, davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çoralarni qöllaşini ma'lum qilişni muhim deb hisoblaymiz, deya yakunlanadi bayonot.












