“Tutu.ru” sayyohlik servisi 2018 yilning aprelidan 2019 yil apreligaça rossiyalik yölovçilar orasida ötkazilgan navbatdagi sörovnomasi natijalarini e'lon qildi. Sörovnomada 27500 kişi turli xorijiy aviakompaniyalar samolyotlarida taklif qilinuvçi taomlar haqida öz fikrlarini bildirişgan.
Bu ma'lumotlar asosida eng mazali taomlar tortiq qiluvçi 10 ta aviakompaniya röyxati tuzildi.
E'tiborlisi, uşbu röyxatning eng yuqori poğonasini “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi egalladi. Aviakompaniya 2 yil avval ham şunday natijani qayd qilgandi. Bu haqda “Vedomosti” eslatib ötdi.
2-örinni Ozarboyjonning Azerbaijan Hava Yollary aviakompaniyasi egallagan. Uşbu aviakompaniya taomlari turfa xilligi bilan yölovçilar e'tiborini tortgan.
3-öringa Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi loyiq topilgan. Taomlarning sifati yuqoriligiga qaramay, ba'zi yölovçilarning ta'biga turk aviakompaniyasi taomnomasida mavjud bölgan şarq oşxonasi elementlari töğri kelmagan.
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi qit'alararo reyslarda uçta taom, gazak va içimliklardan iborat tuşlikni taklif qilişiga qaramay, 4-örinni egallagan. 5-örinni Qozoğistonning Air Astana’si egalladi. Uşbu aviakompaniya taklif qiluvçi yeguliklar mazaligi, katta porsiyasi va içimliklarning turfa xilligi bilan ajralib turadi.
Keyingi örinlarni Gruziyaning Georgian Airways, Gretsiyaning Ellinair, Tojikistonning Somon Air, yana bir grek aviakompaniyasi Aegean Airlines va Moldovaning Air Moldova aviakompaniyalari egallagan.
Yölovçilar milliy aviakompaniya taklif qiluvçi yeguliklarning katta porsiyasini, mazaliligi va töyimliligini ijobiy baholaşgan. 6 soatdan uzoqroq davom etuvçi reyslarda asosiy ovqatga qöşimça yengil nonuşta ham taklif qilinişi ahamiyatga molikdir.
Aviakompaniyaning “Ketring” korxonasi muntazam ravişda taomnomani yangilab turadi. Unga issiq va sovuq taomlar, gazaklar, içimliklar, jumladan biznes-sinf uçun dunyo brendlari mahsulotlari, mevalar, kökatlar va sabzavotlar, somsa va quritilgan mevalar – mayiz, turşak, yonğoq kiradi. Yölovçilar istaklariga köra vegetarian, koşer (yahudiylikda ruxsat etilgan taom), bolalar taomlarini buyurtma qilişlari mumkin. Buning uçun bronlaş yoki çiptani sotib oliş vaqtida bu haqida ma'lum qiliş, söngra aeroportda röyxatdan ötiş vaqtida öz buyurtmasini tasdiqlaş lozim böladi.












