UYeFA rasmiy saytida Çempionlar ligasining 2018/19 mavsumidagi eng çiroyli 10ta gol e'lon qilindi.

«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduning sobiq jamoasi «MYu» darvozasiga urgan goli röyxatda birinçi örinda qayd etilgan.

«Barselona» sardori Lionel Messining yarim finalda «Liverpul» darvozasini işğol etgani ikkinçi örindan joy olgan. Yuqori uçlikni Sadio Mane nimçorak finalda «Bavariya»ga urgan goli bilan yakunlab beradi.

Röyxat UYeFA texnik kuzatuvçilari xulosasi asosida tuzilgan. Gollar videosi bilan taşkilot rasmiy saytida tanişiş mumkin.

Yevropa Çempionlar ligasi – 2018/19 musobaqasining eng yaxşi gollari reytingi

1. Kriştianu Ronaldu («Yuventus» – «Mançester Yunayted»ga urgan goli)
2. Lionel Messi («Barselona» – «Liverpul»ga)
3. Sadio Mane («Liverpul» – «Bavariya»ga)
4. Ivan Rakitiç («Barselona» – «Tottenhem»ga)
5. Leroy Sane («Mançester Siti» – «Hoffenhayma»ga)
6. Kilian Mbappe («PSJ» – «Mançester Yunayted»ga)
7. Rahim Sterling («Mançester Siti» – «Şaxtyor»ga)
8. Usmon Dembele («Barselona» – «Tottenhem»ga)
9. Filippe Koutino («Barselona» – «Mançester Yunayted»ga)
10. Luis Suares («Barselona» – «Liverpul»ga)