Gretsiyaning Berlindagi elçisi Germaniya taşqi işlar vazirligiga nota topşirdi. Unda Gretsiya hukumati Germaniya tomonini Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarida yetkazgan zarari uçun harbiy reparatsiya va tovon tölaşi borasidagi masalani hal qiliş böyiça muzokaralarni boşlaşga çaqirgan, deb xabar berdi Gretsiya TIV.

Ma'lum qilinişiça, Gretsiyaning da'volari Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarida mamlakat va uning xalqiga yetkazilgan zararni qoplaş, nemis bosqinçiligi qurbonlari va ularning avlodlariga nisbatan harbiy reparatsiyalar, okkupatsion zayomni va mamlakatdan noqonuniy ravişda olib çiqib ketilgan arxeolog va boşqa madaniy boyliklar bilan boğliq.

Gretsiya parlamenti 17 aprel kuni hukumatga Germaniyadan Ikkinçi jahon uruşidagi yetkazgan zarari  uçun 309,5 milliard va Birinçi jahon uruşidagi zarari uçun 9,2 milliard yevro harbiy reparatsiya tölaşini talab qiliş topşirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Şu bilan birga, Gretsiya odamlarning ölimi va nogiron bölib qolganligi uçun tovon tölovi miqdorini 107,2 milliard yevro deb baholamoqda.  

Partiyalararo komissiyaning ma'ruzasiga köra, Ikkinçi jahon uruşi yillarida Gretsiya 558 ming fuqarosidan ayrilgan, 880 ming kişi nogironga aylangan. Öşa paytda 7,335 million kişini taşkil etgan mamlakat aholisining 19,7%i uruş qurboni bölgan. 

Germaniya Afinaning barça talablarini rad etmoqda. Nemis amaldorlarining sözlariga köra, Germaniya 1960 yilda 115 million marka tölab öz majburiyatlarini bajargan.