Uzun tumani «Dehqon» MFY hududidan Dubay kanali oqib ötadi. Mahalla adirlik etagida bölgani uçun har yili yoğingarçiliklar tufayli 4–5 marta kuçli sel keladi. Bu haqda Kun.uz muştariylaridan biri Ğayrat Norqobilov özining «Feysbuk»dagi sahifasida şunday yozadi:

«Kanalning Qoratoğ daryosiga quyiladigan tugaş qismi suv ötkaziş xususiyati keskin kamaygan. Sababi, kanal içiga köplab tol va teraklar ekib taşlangan. Suv yöliga imoratlar solingan. Eng muhim tösiq esa kötarma nasos stansiyasi uçun qöyilgan bandning öta kiçikligidir.

Bir neça yildirki, kelgan sel yöl topolmay uylarga va ekin maydonlariga katta zararlar keltirmoqda. 3 iyunga ötar keçasi ham yuzga yaqin uyni, maktablarni, 20 gektarça ekin maydonini sel bosib ketdi. Taxminan 100 mln sömlik zarar keltirdi. MFY hisobida bir tiyin ham yöq.

Tuman hokimligi «tez yordam» maşinasi va FVV xodimlari bilan qisman yordam qildi. Kanalni yamaş uçun bitta buldozer berdi. Solyarkaga hokimlikda pul yöq ekan. Har bir xöjalikdan 30.000 sömdan pul yiğildi.

Bu kanalni yuz martalab texnikasi davlatdan, solyarkasi xalqdan qilib qazişgan. Yuqorida ta'kidlanganidek, selning çiqiş yöli berk.