Joriy yilning 22 mayda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunga muvofiq, 1996 yil 29 avgustdagi «Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining 41-moddasiga qöşimça va özgartiriş kiritildi.

Unga köra, «Tibbiy ma'lumotga ega bölmagan şaxslar ham Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega böladilar», deya belgilab qöyildi.

– Qonunga kiritilgan özgartirişlar asosida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiya faoliyatini taşkil etiş hamda xalq tabobati bilan şuğullanişga da'vogarlik qiladigan şaxslarning murojaat qiliş tartibini belgilovçi hujjat loyihalari tayyorlanmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi PQ-3968-sonli «Özbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga binoan taşkil etilgan komissiya tarkibiga şifokorlar bilan bir qatorda, psixolog, texnika mutaxassislari, diniy va xalq tabobati kabi bir qança soha vakillari kiritilgan. Xalq tabobati bilan şuğullanişni istagan tibbiy ma'lumotga ega bölmagan şaxslar kelgusida uşbu komissiya vakillari oldida tibbiyot ilmidan qançalik xabardorligi, özidagi bilim va davolaş uslublarni amaliyotda qay darajada qöllay olişi böyiça sinovlardan ötadi, – deydi Soğliqni saqlaş vazirligi Lisenziyalaş va akkreditatsiyalaş boşqarmasi boşliği Farhod Rahimqulov. Sinovdan muvaffaqiyatli ötgan talabgor Maxsus komissiyaning tibbiy ma'lumot örniga beriladigan xulosasini qölga kirtib, uşbu xulosa asosida tibbiy faoliyatning xalq tabobati usuli bilan şuğullanişi uçun örnatilgan tartibda litsenziya oladi.

«Ma'lumki, avval tabiblar qonuniy röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritgan. Şu boisdan, ular işlab topgan pullardan davlatga soliq ham tölanmagan. Endi esa ular yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötib, şundan sönggina faoliyat olib borişi belgilanmoqda.

Yana bir gap, Prezident qaroriga köra, endilikda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi şaxslar öz faoliyati natijalari böyiça tibbiyot xodimlari uçun qonunlarda nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadi.

Alohida ta'kidlaş lozimki, endilikda mahalliy soğliqni saqlaş tizimida xalq tabobatining roli oşiriladi, jumladan, uşbu yönalişda xizmat körsatuvçi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati har tomonlama qöllab-quvvatlanadi, soğliqni saqlaş tizimining ambulator va statsionar muassasalarida xalq tabobati usullarini qöllaş bilan kasalliklarni davolaş böyiça maxsus bölimlar, dorixonalar tizimi taşkil etiladi.

Respublikadagi tibbiyot oliy öquv yurtlarining «Davolaş işi», «Pediatriya işi», «Tibbiy-pedagogika işi» bakalavriat yönalişlaridagi öquv dasturlariga xalq tabobati böyiça maxsus öquv sikli ham joriy etiladi. Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida esa xalq tabobati kafedrasi va «Xalq tabobati» yönalişi böyiça malaka oşiriş kurslari taşkil qilinadi. Bu esa xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan integratsiyalaşuviga xizmat qiladi.

Yana bir masalaga alohida töxtaliş joiz. Xalqimiz orasida Qur'on oyatlari va turli duolar bilan bemor insonlarni davolovçi şaxslar ham bor. Endi ularga ham qonuniy faoliyat olib borişlari uçun litsenziya beriladimi, degan savol tuğilişi tabiiy. Bunga javoban, şuni aytiş kerakki, Adliya vazirligida 3111-son bilan röyxatdan ötgan «Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat körsatiş tartibi va hajmlari töğrisidagi nizom»da okkultizm-afsun, şuningdek, diniy marosimlar orqali davolaş xalq tabobati usullariga kirmasligi körsatilgan. Şu bois, diniy yönalişda bemorlarni davolovçi şaxslarga Soğliqni saqlaş vazirligida taşkil etilgan maxsus komissiya tomonidan litsenziya berilmaydi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.