Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar maşinalarni haydaş fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy maşğulotlarni özlaştirdi.

Bilim yurti dala öquv maydonida zirhli texnikalarning keçuvdan ötiş va suv ostida harakatlaniş könikmalarini mustahkamalaşga ixtisoslaşgan maşq nuqtasi joylaşgan.
Avvaliga ğavvoslar guruhi maşq bajariladigan suv havzasi tubini körikdan ötkazişdi. Keçuvdan ötişdan oldin zirhli texnikaning sozligi va ekipajning maşğulotni bajariş uçun jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi tekşirildi.


Bölajak ofitserlar T-62 tankida keçuvdan ötiş, suv ostida harakatlaniş maşqini bajardi. Şuningdek, piyodalar jangovar maşinalarida suv yuzasida suzib ötişni özlaştirdi. Uşbu öquv amaliyoti zirhli texnikani suvda boşqarişdan taşqari tank ekipajining uyuşqoqlik bilan harakat qilişi va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Ya'ni ularda murakkab şaroitlarga tuşib qolganda töğri yöl tutiş könikmalarini şakllantiradi.

Tankning suvga tuşişdan oldin yönalişni töğri olişi maşqni muvafaqqiyatli yakunlaşda muhim örin tutadi. Maşğulot tartibiga köra zirhli texnika keçuvga sekin tuşiriladi va suvdan çiqqaç, yuqori tezlikda haydab ketilişi kerak. Maşqlarning töğri va aniq bajarilişini maşğulot rahbarlari kuzatib bordi. Kun davomida maşqlar rejada belgilanganidek muvaffaqiyatli bajarildi.

Şuningdek, şu kunining özida BMP-2 piyodalar jangovar maşinasida ham suv yuzasida suzib ötiş maşqlari özlaştirildi.











