Özbekiston Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi «Turizm tarmoğini jadal rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi 4095-sonli qarorining 3-ilovasi ijrosi yuzasidan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, birinçi bosqiçda Toşkent şahridagi 20 ta turistik obektga QR-kodlar örnatiş işlari boşlandi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati

Poytaxtga taşrif buyuruvçi xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratiş maqsadida Toşkent şahar turizmni rivojlantiriş departamenti taşabbusi bilan diqqatga sazovor turizm maskanlariga QR-kodlar örnatilmoqda. Jumladan, QR-kodlar Abulqosim Şayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, Iso payğambarning Muqaddas yuragi boş çerkovi, Alişer Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, San'at muzeyi, Özbekiston tarixi Davlat muzeyi, Toşkent teleminorasi, Amaliy san'at muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toşkent hayvonot boği hamda Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyiga örnatildi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati

Uşbu QR-kodlar taşrif buyuruvçilarga telefondagi dastur orqali QR-kod örnatilgan obekt va boşqa turistik infratuzilma obektlari haqida ingliz, rus hamda özbek tillarida ma'lumot oliş imkonini beradi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati