Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng asosiy tahdidlar röyxatini tuzdi. Röyxat How Will The World End resursida e'lon qilindi.

Mazkur röyxat 50ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, NASA kabi taşkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar törtta asosiy tahdid  – epidemiyalar, yadro uruşi, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid qulaşini ajratib olişdi.

Agentlik halokat keltiruvçi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, ölat, Marburg virusini ajratib körsatişgan. Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi. 

Yadroviy uruş ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan biri deb topildi. Oçiq ma'lumotlarga köra, AQŞ eng köp – 1030 marta, Rossiya esa 715 marta yadroviy qurol sinovini ötkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga köra, insoniyatni butunlay yöq qilib yuboriş uçun AQŞ 5351 marta, Rossiya esa 4206 marta yadroviy portlaşni amalga oşirişi lozim böladi.

Yerga asteroid qulaşi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil içida yaqin keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana şunday asteroidlardan biri diametri 3,9 kilometr bölgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kişining ölimiga sabab bölişi mumkin.

Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isiş körilmoqda. Ma'lumotlarga köra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki darajaga ortadi.