Nur-Sulton va Olmaotadagi ruxsat berilmagan mitinglarda yuzga yaqin kişi qölga olindi, deb ma'lum qildi Qozoğiston IIV rahbarining birinçi örinbosari Marat Kojayev.

Uning sözlariga köra, qölga olinganlar orasida "jamoatçilikka qarşi mazkur tadbirlarni ötkazişni tarğib qilgan va faol qatnaşganlar bor".

Kojayev Nursulton va Olmaotadagi mitinglar "Qozoğistonda taqiqlangan ekstremistik taşkilot çaqiriği bilan" taşkil etilganini aytdi.

Yakşanba kuni Qozoğistonda prezident saylovi bölib ötmoqda. Qozoğiston prezidenti lavozimi uçun 7 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovda mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev ilk bor nomzod sifatida iştirok etmayapti.