Qozoğistonning Olmaota şahrida krematoriy işga tuşdi. Bu haqda şahar hokimligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, krematoriy Çexiyada işlab çiqarilgan zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan.

Krematoriy xizmatidan foydalaniş uçun qator hujjatlar, jumladan, marhumning krematsiyani tanlagani töğrisidagi notarial tasdiqlangan rozilik xati, majburiy identifikatsiya talab qilinadi.

Ta’kidlanişiça, krematoriy xodimlari xorijda maxsus ta’lim olgan.

Bitta krematsiya narxi 240 ming tenge (518 dollar) turadi, deb yozmoqda NewTimes.kz.

Naşrning qöşimça qilişiça, krematoriy xizmatidan xorijliklar ham foydalanişi mumkin. Şu bilan birga, voyaga yetmaganlarning jasadini krematsiya qiliş taqiqlanadi.