Janubiy Koreya kompaniyalari bilan AES quriş böyiça muzokaralar ötkazilayotgani haqidagi xabar haqiqatga zid, deb ma'lum qildi Qozoğiston energetika vazirligi.

Vazirlikning bildirişiça, Qozoğistonda atom elektr stansiyasi qurilişining texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş böyiça heç qanday iş olib borilmayapti. 

Avvalroq Janubiy Koreyaning BussinesKorea naşri Korea Hydro & Nuclear Power (KHNP) davlat korporatsiyasi 31 may kuni Qozoğistonda ikkita AES böyiça loyihalaş, xarid qiliş hamda qurişda iştirok etiş niyatida ekanligi haqida xabar tarqatgandi.

Vazirlik vakili Nurlibek Jyenisbek Janubiy Koreya OAVlarida e'lon qilingan xabar haqiqatga zid ekanligini ma'lum qildi.

"Qozoğistonda AES quriş loyihasi böyiça xalqaro tender ötkazilmayapti va ötkaziş rejalaştirilmagan", – deyiladi energetika vazirligi bayonotida.