7-9 iyun kunlari Xiva şahrida xorazmlik yengilmas bahodir va ma'rifatparvar şoir, faylasuf va söfiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bağişlangan I Xalqaro bahodirlar öyinlari ötkazildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati.

Musobaqada Özbekiston, Eron, AQŞ, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Latviya, Avstraliya, Gretsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan jami 15 nafar sportçilar iştirok etişdi. Ular 2 kun davomida milliy naqşli ustunlarni kötariş va uşlab turiş, oğir toşlarni ustunlarga örnatiş, mevalar bilan töldirilgan aravani kötariş, poyezd lokomotivini 20 metrga tortiş va boşqa musobaqalarda asosiy sovrin uçun kuç sinaşdilar.

Musobaqa qatnaşçilari turnir dasturiga köra, «Qöqon arava», «Sangijumon toşlari», «Dehqon yurişi», «Özbekiston poyezdi», «Xiva ustunlari», «Möynoq langari», «Amir Temur va Manguberdi qiliçlari» deb nomlangan 7ta şartni bajarişdi.

Bunda pahlavonlar qum töldirilgan 100 kg vaznga ega 2ta qopni aravaga yuklab, belgilangan masofaga eltib qöyişi, 140, 160, 180 va 200 kilogramm oğirlikdagi toşlarni kötarib, maxsus teşikka joylaştirişi, 360 kilogrammli ğalvirni kötarib yurişi, temir yöl lokomotivini 20 metr masofaga sudraşi, milliy naqşli ustunlarni kötarib turişi, ikkala qölini old tomonga uzatgan holda oğirligi 16 kg bölgan qiliçni tik holatda tutişi hamda kema langarini ma'lum masofaga tortib borişi kerak edi.

Yakuniy sarhisoblarga köra, birinçi örinni musobaqaning eng yoş iştirokçisi, Ukrainaning 2019 yilgi çempioni, 24 yoşli Pavlo Kordiyako qölga kiritdi. Ikkinçi örin eronlik Rizo Quçaytasiyga nasib etdi. Uçinçi öringa Özbekistonning eng kuçli sportçisi Sergey Trubitsin va Rossiyaning 2018 yilgi çempioni Aleksandr Kuzmin loyiq körildi. Qolgan örinlar quyidagiça taqsimlandi: Vikram Singh (Hindiston, 5-örin), Ğiyosiddin Ahmedov (Özbekiston, 6), Vagner Duş Santuş (Braziliya, 7-örin), Ioannis Papakalas (Gretsiya, 8-örin), Şuhrat Alixanov (Özbekiston, 9-örin), Jyeremi Hogg (Avstraliya, 10-örin), Hamza Primov (Özbekiston, 11-örin), Mitsuki Toyota (Yaponiya, 12-örin), Vusal Mardonov (Ozarboyjon, 13-örin), Navröz Arabov (Tojikiston, 14-örin), Tsxu Xuang (Xitoy, 15-örin).

Musobaqa ğolibiga 5000 AQŞ dollari, ikkinçi örin sohibiga 3000 AQŞ dollari, uçinçi örin egalariga 2000 AQŞ dollari mukofoti berildi.

Turnirning tantanali yopiliş marosimi «Içan-qal'a» davlat muzey qöriqxonasining «Köhna ark» majmuasida ötkazildi.











