Kun.uz tahririyatiga Xiva şahrida istiqomat qiluvçi Gulora Jumaniyazova murojaat qilib, öziga tegişli bölgan fermer xöjaligi yeri boşqa tadbirkorga berib yuborilgani, hokimlik tomonidan nohaqlikka yöl qöyilgani haqida şikoyat qildi.

Vaziyatni örganiş uçun Xiva şahriga borib, Gulşan-2 mahallasi, Köhna Xiva köçasi 38-uyda istiqomat qiluvçi murojaatçi bilan uçraşdik, şuningdek, hokimlikning mansabdor şaxsidan izoh oldik.

Gulora Jumaniyazova 1952 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, Toşkent qişloq xöjaligi institutini tamomlagan, mutaxassisligi – olim-agronom. Uning oilasi 28 yildan beri köçatçilik bilan şuğullanmoqda.

«1991 yili, jamoa xöjaligi tomonidan ajratilgan yerda davlatga mevali va manzarali daraxtlarning köçatlarini yetiştirib beriş bilan şuğullana boşladik. 2004 yili «Abduşarif boğbon» fermer xöjaligini taşkil qildik. Hozir unga öğlim Umar Atayev rahbarlik qilyapti. Xiva tumani hokimligi qarori bilan bizga Daşyoq qişloği, Gulşan mahallasi hududidan 3,8 ga yer ajratib berildi. Şu vaqtdan boşlab, viloyat aholisi va fermerlari uçun mevali va manzarali daraxtlarning köçatlarini yetiştirib, aholi ehtiyojini ta'minlab, tuman hokimligi tomonidan qöyilgan talablarni bajarib kelyapmiz. Bundan taşqari, muruvvat uylari, nogironlar uyi, sihatgohlar va kam ta'minlangan oilalarga köçatlarni beminnat, xayriya asosida yetkazib berganmiz», - deydi Gulora Jumaniyazova.

2019 yil mart oyida «Abduşarif boğbon» fermer xöjaligiga tegişli bölgan yerning bir qismida «Xorazm Ğunça» MÇJ tomonidan quriliş işlari boşlab yuborilgan. Keyinçalik ma'lum bölişiça, Xiva şahar hokimligi 2018 yil 21 iyulda fermer xöjaligiga tegişli bölgan yerning bir qismini «Xorazm Ğunça» MÇJga ajratiş haqida 1246-sonli qarorini çiqargan.

«2019 yil mart oyida fermer xöjaligimizga tegişli bölgan yerning 1,7 ga maydonida tadbirkor Jamşid Rözmetov tomonidan quriliş işlari boşlab yuborildi. Boğ atrofidagi devorlar buzildi, köçatlar uzib taşlandi. Xiva şahar hokimligi mulozimlari bu yerda gidroponika texnologiyasiga asoslangan issiqxona qurilişini, boğdagi mulkni baholatib, hujjatini taqdim qilişim kerakligini, bizga esa kompensatsiya tölab berilişini aytişdi. Ajablanarlisi şundaki, bu yerning fermer xöjaligimizga tegişli ekani haqidagi qaror öz kuçini yöqotmagan, uni heç kim bekor qilmagan edi», - dedi Gulora Jumaniyazova.

Şundan söng, «Abduşarif boğbon» fermer xöjaligi rahbari Umar Atayev tomonidan 1,7 ga maydondagi ekinlar, dov-daraxtlar baholaş firmasida baholatib olingan. Ularning qiymati 88,6 million söm ekani aniqlangan.

«Yer davlatniki, uni qaytarib oliş huquqiga ega bölsa, böysunişga majburmiz degan xulosaga kelib, mulkimizni baholatib oldik. 88,6 million söm ekani aniqlandi. Biroq, Xiva şahar hokimligi bunday miqdordagi kompensatsiyani tölaşga mablağ yöqligini, yerdan foydalanişda davom etişimiz mumkinligini ma'lum qildi. Ammo yerimiz hududida quriliş işlari töxtatilmadi. Natijada, yerdan ham, mulkimizdan ham quruq qolsak kerak, deb öyladik. Şundan söng, prokuraturaga murojaat qildik», - dedi Umar Atayev.

Xiva şahar prokuraturasi Xiva şahar hokimining 2018 yil 21 iyuldagi 1246-sonli qarorini Yer kodeksining 23, 24-moddalari, şuningdek, «Fermer xöjaligi töğrisida»gi qonunning 13-moddasi talablariga zid ravişda qabul qilinganini aniqlab, bu qarorni bekor qiliş va qonunga muvofiqlaştiriş haqida 2019 yil 18 may kuni protest kiritgan.

Murojaatni örganiş va maqolani tayyorlaş jarayonida Xiva şahar hokimligi tomonidan bu protest qanoatlantirilib, 2018 yil 21 iyuldagi 1246-sonli qarori bekor qilingani ma'lum böldi.

Vaziyat böyiça Xiva şahar hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari böyiça 1-muovini Quvondiq Hasanovdan izoh oldik.

«Bu voqeadagi çalkaşliklar 2017 yilda Xiva şahar va tumani çegaralarining özgarişi bilan boğliq. Öşa paytdagi qarorga köra, Xiva tumanining Gulşan mahallasi hududi şaharga kiritildi. 2018 yil 21 iyulda Xiva şahrining sobiq hokimi Erkin Yaqubov tomonidan «Abduşarif boğbon» fermer xöjaligiga tegişli bölgan yerning bir qismini «Xorazm Ğunça» MÇJga beriş haqida qaror çiqarilgan. Tan oliş kerak, bunda fermer xöjaligining yeri davlat zaxirasiga qaytarilmasdan turib, boşqa tadbirkorga berilgani xato edi.  Prokuratura bu qarorga protest kiritganidan söng, hokimlikning bu qarori bekor qilindi. «Abduşarif boğbon» fermer xöjaligining yerga egalik qiliş huquqi tiklandi», - dedi Quvondiq Hasanov.

«Abduşarif boğbon» fermer xöjaligi rahbari Xiva şahar hokimligi topşiriğiga köra, 1,7 ga yer maydonidagi mulkini, dov-daraxtlar, ekinlar qiymatini baholatib olgan. Bunga 1,2 million söm sarflagan. Mulk qiymati 88,6 million söm ekani aniqlangan. Nima uçun fermer xöjaligi yeri qonuniy asosda davlat zaxirasiga qaytarilmadi, uning mulki uçun kompensatsiya tölanmadi?

«Ha, darhaqiqat şunday qilmoqçi edik. Ammo Xiva şahar hokimligida bunça miqdordagi kompensatsiyani tölaş imkoniyati yöq. Endi bu vaziyatda fermer bilan tadbirkorni murosaga keltiriş, yuzaga kelgan vaziyatning tomonlar uçun maqbul yeçimini topişda kömaklaşişga harakat qilamiz», - deb javob berdi Quvondiq Hasanov.

Hozirgi vaqtda yer qonuniy egasiga qaytarildi, uning huquqi tiklandi. Ammo 1,7 ga maydonda olib borilayotgan quriliş işlari töxtatiladimi? Buni bilmaymiz.

Tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Hokimlik tomonidan şoşma-şoşarlik va loqaydlik bilan, noqonuniy çiqarilgan qaror natijasida, bu hududda katta mablağ sarflab, quriliş işlarini boşlab qöygan tadbirkorning ahvoli qanday böladi? Hozirça bu savolning javobi ham mavhumligiça qolmoqda.

Afsuski, mansabdor şaxslarning iş faoliyatidagi qöpol xatolari mana şunday oqibatlarni keltirib çiqargan.

Nurmuhammad Said