Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 12-14 iyun kunlari Eronga taşrif buyurib, prezident Hasan Ruhoniy va Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uçraşuv ötkazadi. Bu haqda Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga Tokiodagi matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Abe 14 iyun kuni Yaponiyaga qaytadi. Uşbu taşrif Yaponiya boş vazirlarining Eronga 40 yildan köproq vaqt içidagi ilk taşrifi böladi. Şuningdek, joriy yilda Yaponiya va Eron örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 90 yil töladi.
Yaponiya boş vazirlarining Eronga oxirgi taşrifi 1978 yilda yuz bergan.
Abe Eronga taşrifi arafasida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti ötkazib, u bilan Erondagi vaziyatni muhokama qilgan.
Tramp may oyida Yaponiyaga taşrifi vaqtida Abening AQŞ va Eron örtasida vositaçi rolini öynamoqçiligiga qiziqiş bilan qaraşini aytgan. Tramp Yaponiya va Eron yetakçilari yaxşi munosabatlarda ekanliklarini qayd qilib ötgan.
Kyodo axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Abening Eronga bölğusi taşrifi 24 may kuni Tokioda Trampning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jon Bolton bilan suhbat davomida muhokama qilingan. Bundan oldin Yaponiya boş vaziri 16 may kuni Tokioda Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uçraşgan. Abe, şuningdek, Eronga taşrifi yuzasidan Saudiya Arabistoni va BAA rahbariyati bilan maslahatlaşuvlar ötkazgan.












