Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 13 iyun kuni Oqdaryo tumanida fuqarolar uçun sayyor qabul ötkazadi. Samarqand viloyat hokimiyati matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, bu galgi qabul Oqdaryo tumanidagi pedagogika kolleji binosida ötkaziladi.

«Sizni qiynayotgan mummo va mulohazalaringiz bölsa, murojaat qilişingiz mumkin»,- deyiladi hokimiyat e'lonida. Qabul ötkaziladigan kollej manzili: Oqdaryo tumani, Mustaqillik MFY, Zarafşon köçasi, 84-uy.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 2019 yil hisobida 11-marta fuqarolar uçun sayyor qabul ötkazmoqda. Şu vaqtgaça ötkazilgan 10 ta sayyor qabulda Turdimovga Samarqand viloyati aholisidan 2 705 ta murojaat bölgan. Viloyat hokimiyati axborot xizmatining ma'lum qilişiça, bu murojaatlardan 1 412 tasi ijobiy hal qilingan.

Erkinjon Turdimov ötkazgan sayyor qabullarda 228 ta murojaat rad etilgan, 710 nafar murojaatçiga tuşuntiriş berilgan. Qabullar davomida 31 nafar rahbarlar javobgarlikka tortilgan.