Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Yangi Toşkentda bölib ötgan uçraşuvda Erkinjon Turdimov taʼlim va ilm fan vaziri etib tayinlangani yuzasidan fikr bildirdi.
«Özlaring kördilaring, taʼlim vazirini özgartirdim. Eng işongan kadrimni olib kelib, taʼlim vaziri qildim.
Son köpayib ketdi, sifat kamayib ketdi. Bu meni juda taşvişga soladi.
Şuning uçun katta tajribaga ega, törtta viloyat hokimi bölgan odamni taʼlimga olib kelganimning tagida juda katta maʼno borki, endi prezident bu masalaga mutlaqo boşqaça qaraydi.
Taʼlimga juda katta eʼtibor beriş uçun vazirga boş vazirning birinçi örinbosari maqomini berganim bejiz emas. Endi tibbiyotga, taʼlimga eʼtibor mutlaqo özgaradi davlatda», – degan davlat rahbari.
3-oktabr kuni Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlaştirilib, yangi Taʼlim va fan vazirligi taşkil etilgandi. Islohot taʼlimning barça bosqiçlari hamda ilmiy faoliyat örtasidagi integratsiya va uzviylikni taʼminlaş, yagona boşqaruv tizimini joriy etiş hamda jamoatçilik oldidagi hisobdorlikni oşirişni nazarda tutadi.
9-oktabr kuni bu vazirlikka şu vaqtgaça Sirdaryo viloyatini boşqarib turgan Erkinjon Turdimov rahbar bölgani maʼlum qilindi (u muqaddam Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlariga ham hokimlik qilgan).
Boş vazirning birinçi örinbosari – taʼlim va fan vaziri taʼlim, ilm-fan va soğliqni saqlaş sohalaridagi vazifalar ijrosini muvofiqlaştiradi. Ularning ijrosini taşkil etiş va nazorat qiliş Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatilgan.












