Toşkentda Nexia rusumidagi avtomobil haydovçisi yöl çetidagi avtoturargohda bir neça erkak ustiga bostirib bordi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari xabar berişdi.
Uşbu hodisa qayd qilingan videoda haydovçi u tomon yönalayotgan bir neça erkakni atayin urib ketganini köriş mumkin. Haydovçi töxtamay, harakatini davom ettirgan. Şundan keyin bir neça kişi maşina ortidan quvlab ketgan va videodan körinişiça, ular haydovçini uşlaşga muvaffaq bölişgan.
Söngra uç erkak öz maşinasi yoniga yugurib borib, unga ötirişgan. Videoda keyin nima yuz bergani aks etmagan. Ehtimol, ular huquq-tartibot xodimlarini çaqirtirişgan yoki aybdorni özlari jazolaş yoxud u bilan “gaplaşib olişga” urinişgan.
Hozirda uşbu voqea qaçon va qayerda yuz bergani noma'lumligiça qolmoqda. Ba'zi foydalanuvçilarning ta'kidlaşiça, voqea Qöyliq bozori yonida sodir bölgan.












