Yilning ötgan beş oyi davomida respublika böyiça jami 2 million 465 ming 749 ta qoidabuzarlik qayd etildi va ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi, deb ma'lum qildi Özbekiston Içki işlar vazirligi matbuot xizmati.
Bu qoidabuzarliklarning 1 million 66 mingdan ortiğini qöpol qoidabuzarliklar taşkil etadi.
Tezlik talablarini buziş, svetoforning taqiqlovçi işorasida harakatlaniş, qarama-qarşi yönalişga çiqqan holda harakatlaniş kabi qoidabuzarliklarning sodir bölayotgan yöl-transport hodisalarida salmoği nihoyatda katta. Ma'lumotlarga köra, beş oy davomida kompyuterlaştirilgan boşqaruv tizimi orqali jami 458 ming 812 ta ana şunday qoidabuzarlik aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklarning 141 055 tasi Toşkent şahri, 48 061 tasi Farğona, 45 110 tasi Samarqand, 41 440 tasi Toşkent, 33 771 tasi Jizzax viloyatlari hududlariga töğri kelmoqda. Qolgan viloyatlarda ham şunga yaqin raqamlarni köriş mumkin.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslangan holda IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi harakatning barça iştirokçilarini “Yöl harakati qoidalari”ga qat'iy amal qilişga çaqiradi.
“Eng avvalo qoidalar talablarini buzmang, buzdingizmi, jarimalarni öz vaqtida tölaşga odatlaning. Kompyuterlaştirilgan tizim orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uçun jarimani öz vaqtida tölang, aks holda u majburiy ijroga qaratiladi. Qarzdorlar esa yangi axborot kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan “Avtokon” qurilmasi orqali aniqlanadi. Qoidalar siz-u biz uçun, xavfsizligimiz uçun xizmat qilişini unutmang”, deyiladi IIV YHXB murojaatida.












