Yöriqnoma loyihasiga muvofiq, yöl harakati qoidalarini buzişga doir ma’muriy işlar IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimining «Ma’muriy amaliyot» moduli orqali elektron şaklda yuritiladi. Şuningdek, iş hujjatlari, aşyoviy va raqamli dalillar sudlarga ham elektron körinişda yuboriladi.

Loyihada fuqarolar va yuridik şaxslar uçun ma’muriy işlar böyiça murojaatlarni mamlakatning istalgan hududiy markazida topşiriş imkoniyatini beruvçi «eksterritoriallik» tamoyili, xizmatlarni bir nuqta orqali körsatuvçi «yagona darça» tizimi hamda tösiqsiz qabulni nazarda tutuvçi «open speys» yondaşuvi joriy etilişi belgilangan.

Şuningdek, huquqbuzarliklarni rasmiylaştirişda planşetlardan foydalaniş, elektron bayonnomalarni elektron grafik imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlaş, qarorlar va xabarnomalarni mobil ilovalar, SMS va şaxsiy kabinetlar orqali yuboriş tartibi ham nazarda tutilgan.