Transport har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim böğini hisoblanadi. Özbekiston dengizga töğridan-töğri çiqa olmasa-da, respublika jahon savdosida faol iştirok etişga harakat qilmoqda. Şu bilan birgan yangi imkoniyatlar va muammolar paydo bölmoqda.
Şu kunlarda Özbekistonga Xalqaro transport forumi (XTF) ekspertlari taşrif buyurdi. Kun.uz taşkilot vakili Yari Kauppila bilan suhbat uyuştirdi.

- XTF nima bilan şuğullanadi?
- Biz transportning barça turlarini mujassamlaştirgan yagona hukumatlararo taşkilotmiz. Biz taşkilotimizga a'zo davlatlarning transport vazirliklari bilan işlaymiz. Taşkilotimizga 60 mamlakat, jumladan, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Xitoy, Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Moldova a'zo hisoblanadi.
Biz dunyoning eng yaxşi tajribalari bilan almaşiş platformasi sifatida faoliyat yuritamiz va transport sohasidagi turli yönalişlarda tadqiqotlar ötkazamiz. Biz şuningdek, har yili mingdan ortiq kişi qatnaşadigan sammit taşkil etamiz.
XTF boş kotibi janob Kim birinçi navbatda Özbekiston hukumatini Transport vazirligi taşkil etilganligi bilan qutlaydi. Hukumat bu orqali Özbekistonda transport sohasidagi strategik rejalaştiriş imkoniyatini yaratdi. Biz hukumatni bu qadami bilan tabriklaymiz hamda Özbekistonning XTFga qöşiliş ğoyasini olqişlaymiz.
- Özbekistonning tranzit mamlakat sifatidagi salohiyatini qanday baholaysiz?
- Özbekiston tranzit oqimlar nuqtai nazaridan a'lo joylaşuvga ega, Osiyo, Yaqin Şarq va Yevropani birlaştiradigan tarixiy Ipak yöli u orqali ötadi. Hozirda Markaziy Osiyodagi qator davlatlar özlarini tranzit mamlakat sifatida körmoqda, ammo ular bir-birlari bilan kooperatsiyalaşişi va sa'y-harakatlarini birlaştirişi lozim. Bu mablağ kiritiladigan yölaklarni puxtalik bilan tanlaş kerakligini anglatadi. Bundan taşqari, bu davlatlar nafaqat xalqaro yölaklar, balki mahalliy transport boğlamasi, ya'ni alohida şaharlar, korxonalar hamda mintaqadagi davlatlar örtasidagi boğlamalarga ham e'tibor qaratişlari kerak.
Özbekiston yaxşi temir yöl tizimiga ega, ammo hamişa uni takomillaştiriş imkoniyati bor. Mehnat samaradorligini Qozoğiston kabi qöşnilar darajasigaça yoki undan ham yuqoriroq darajada yaxşilanişi mumkin. Bundan taşqari, samaradorlikni oşiriş uçun Özbekiston kelajakda faoliyatning ayrim turlarini autsorsing qilişni körib çiqişi hamda temir yöl taşuvlari bozorini muntazam oçib borişi lozim.
- Özbekiston kişi boşiga meva yetiştiriş böyiça yetakçi mamlakatlardan biri hisoblanadi, ammo eksportni yölga qöyiş muammo bölib qolmoqda. Qimmat yuk taşiş sohasida nimalarni yaxşilaşimiz mumkin? Transport qanday qilib mehnat samaradorligiga ta'sir körsatişi mumkin?
- Özbekiston dengizga çiqiş uçun kamida ikkita davlat hududidan ötişi kerak va bu jahon bozoriga çiqişda salbiy ta'sirga ega.
Mamlakat öz geografik joylaşuvini özgartira olmaydi, ammo hukumat buni transport xarajatlarini pasaytiriş, taşuvlar tezligini oşirişga qaratilgan samarali transport siyosati ötkaziş orqali hal qilişi mumkin.
Bugungi kunda özbekistonlik işlab çiqaruvçi uçun jahon bozoriga çiqiş Germaniyadagi işlab çiqaruvçiga nisbatan 4 baravar qimmatga tuşadi.
- Markaziy Osiyodagi yöllar sifati haqida nima deya olasiz? Qanday muammolar va ularning yeçimlari mavjud?
- Hozirda avtomobil va temir yöl tarmoqlari uzoq yillar davomida moliyalaştiriş yetarliça bölmagan davrdan söng tiklanib bormoqda. Moliyalaştirişning yetarliça bölmagani tezlikning pasayişi va transport vositalarini ta'mirlaş uçun qöşimça xarajatlar keltirib çiqargani sababli foydalanuvçilar uçun qimmat narxni keltirib çiqargan.

Özbekiston Toşkent va Samarqand örtasidagi şosse kabi jahon darajasidagi avtoyöllarni qurgan, ammo ayrim muhim avtoyöllarning sifati jahon standartlaridan past bölib, bu tezlikning pasayişi va transport vositalarining tez işdan çiqişiga olib keladi.
Yöl qurilişi va ta'mirlaş böyiça fond taşkil etilişi hamda barça sohalarda samaradorlikning oşirib borilişi bu Markaziy Osiyo davlatlari amalga oşirişi va mintaqaga iqtisodiy manfaat olib kelişi mumkin bölgan narsadir.
XTF ekspertlari «Markaziy Osiyoda savdo-transport boğlamasini oşiriş va yuk taşişni rivojlantiriş» deb nomlangan maxsus hisobot ham tayyorladi. Unda Qozoğiston, Qirğiziston, Mongoliya, Tojikiston va Özbekistondagi yuk transporti yöllari bilan boğliq masalalar örganilgan.
Hisobot mintaqadagi transport boğlamasini yaxşilaş uçun zarur siyosatni ötkaziş böyiça tavsiyalarni öz içiga oladi. Hisobotning töliq matni bilan bu yerda tanişiş mumkin.











