Bortida venesuelalik 32 migrant bölgan qayiq Karib dengizida ğoyib böldi.

Mamlakat parlamenti saytida xabar berilişiça, qayiq 7 iyun kuni yölga çiqqan, şu kundan boşlab yölovçilarning heç biri aloqaga çiqmagan. OAV ma'lumotlariga köra, qayiq yöl olgan orol yaqinida bir kişi jasadi topilgan, lekin uning şaxsi hali örnatilmagan.

Yöqolganlarning yaqinlari iltimoslariga qaramay, qutqaruv işlari hali boşlanmagan.

Avvalroq BMTda xabar berilişiça, Venesueladan siyosiy inqiroz sababli 4 mlnga yaqin odam qoçgan.