Maxsus tartibdagi turmaning bir kishilik kamerasida saqlanayotgan Tarrant sud yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etgan. Tarrantning advokatlari u aybini tan olmasligini aytishgan.

Ayblanuvchi terrorchilik maqsadlarida amalga oshirilgan 51 ta qotillik va 40 ta qotillikka urinishda ayblanmoqda.

Sudya Tarrant sud oldida javob bera oladigan darajada ruhan sog‘lomligi haqidagi qarorga kelgan.

15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi ikkita masjidda otishma sodir etilgandi. Politsiyaning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi jarohat olgan.