Ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça tuzilgan maxsus komissiya 4 oktbyar kuni Toşkent şahrida yomğir yoğişidan oldin qisqa muddatli çang-tözon hodisalari yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Global ob-havo modellari va «Özgidromet» prognozlariga köra, poytaxt hududiga nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Şu sababli şamol tezligi 3–8 metr/soniyagaça, ayrim hududlarda esa 10–14 metr/soniyagaça kuçayişi ehtimoli mavjud.
Kuçaygan şamol oqibatida ayrim joylarda çang-tözonlar kötarilişi va atmosfera havosida çang zarraçalari, xususan, PM10 konsentratsiyasi miqdori qisqa muddatga ortişi mumkin.
«Hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda», – deyiladi xabarda.
Avvalroq «Özgidromet» 3−5-oktabr kunlari Özbekistonga sovuq va nam havo kirib kelişi, yomğir yoğib, toğlarda qorga aylanişi, şamol tezligi 22 metr/soniyagaça kuçayişi haqida xabar bergandi. Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.

















