Flydubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga amalga oşirilgan reysi vaqtida ikkinçi uçuvçi terakt amalga oşirmoqçi bölgan. Bu haqda Birlaşgan Arab Amirliklari boş prokurori Hamad Saif al-Şamsiy maʼlum qildi.

Boş prokurorning sözlariga köra, ikkinçi uçuvçi havo kemasi komandiri Smit Maççharni dastlabki xabarlarda aytilganidek piçoq bilan emas, kabinadagi avariya boltaçasi bilan yaralagan.

«Ikkinçi uçuvçi öz rejasini parvoz paytida amalga oşirişga kirişgan: u ekipaj komandiriga kabinadagi boltaça bilan hujum qilgan va samolyot boşqaruvini qölga olişga uringan», – deya boş prokurorning sözlarini keltiradi Amirliklardagi WAM davlat axborot agentligi.

U ikkinçi uçuvçining motivlari haqida maʼlum qilmagan.

Avariya boltaçasi uçuvçilar kabinasida favqulodda vaziyatlarda işlatiş uçun saqlanadi. Ekspertlarga köra, uşbu qurol odatda ikkinçi uçuvçi örindiği ostida turadi.

Boş prokuror hujum qilgan uçuvçining şaxsiga oid maʼlumotlarni oçiqlamagan. Bungaça Isroil rasmiylari u Ömon fuqarosi ekanini maʼlum qilgandi.

Associated Press va Reuters agentliklari öz manbalariga tayanib yozişiça, ikkinçi uçuvçining ismi şarifi Hammam al-Hammamiy bölib, u 29 yoşda.

Al-Hammamiy Buyuk Britaniyaning Bukinghemşir şahridagi Yangi universitetda uç yillik masofaviy taʼlim kursini tamomlagan va 2023-yilda «Aviatsiya boşqaruvi» mutaxassisligi böyiça diplom olgan. Universitetning aniqlik kiritişiça, u uşbu taʼlim muassasasida heç qanday parvoz tayyorgarligidan ötmagan.

ABC News naşri maʼlumotiga köra, 2024-yilda u Oman Air aviakompaniyasida ikkinçi uçuvçi stajyori sifatida işlagan, ammo unda «ekstremistik yönalişdagi materiallar» borligi aniqlangaç, parvozlardan çetlatilgan. Şu bilan birga, unga maʼmuriy işlar bilan şuğullanişga ruxsat berilgan.

Keyinroq u Royal Air Maroc aviakompaniyasida ham faoliyat körsatgan, sakkiz oy oldin esa Flydubai aviakompaniyasiga işga kirgan. Nima uçun unga Isroilga qatnaydigan samolyot kabinasida ikkinçi uçuvçi sifatida uçişga ruxsat berilgani hozirça nomaʼlum – u bungaça ham bir neça bor Dubay-Tel-Aviv yönalişidagi reyslarda ikkinçi uçuvçi sifatida işlagan. Gap şundaki, Isroil va BAA örtasidagi kelişuvga köra, Isroil hududiga uçuvçi samolyotlar boşqaruvida uşbu davlat bilan munosabatlari yaxşi bölmagan davlatlar fuqarolari bölişi taqiqlangan, Ömon esa Isroil bilan diplomatik munosabatlar örnatmagan. Hozir Isroil hukumati boşqa xorijiy aviataşuvçilarning uçuvçilari orasida Isroil bilan duşman davlatlar fuqarolari bor yoki yöqligini tekşirmoqda.