Yevropa – dunyodagi eng tez qiziyotgan qitʼa bölmoqda. Şveysariyalik olimlarning tadqiqot natijalariga köra (.pdf), bu fonda Şveysariyaning Alp toğlarida asrlar mobaynida mavjud bölgan maşhur muzliklar tez surʼatlarda erib bormoqda. Olimlar aniqlaşiça, 2026-yilgi issiq harorat natijasida muzning 5,5 foiz qismi yöq bölgan, 2021-yildan boşlab beş yil içida esa Şveysariyadagi jami muz hajmi qariyb 20 foizga qisqargan. Quyida Alpdagi muzliklar qanday özgarayotgani körsatilgan suratlar.

Olimlar xulosasi. Qisqaça
Alp toğlaridagi muzliklar sönggi ön yilliklarda doimiy ravişda kamayib kelgan, ammo hozirgidek tezlikda erimagandi. 2022-yildan 2026-yilgaça bölgan oraliqdagi eriş surʼati – kuzatuvlar tarixida boşqa har qanday beş yillikka qaraganda ikki baravar tezroq böldi.
Asosiy sabab – qişda qor kam yoğayotgani va yozda harorat yuqori bölayotganidir. 2026-yil qişida qor juda kam yoqqan, bu ayniqsa Alpning şarqiy va janubiy qismida sezilarli bölgan.
Köplab muzliklar uçun yöqotişlar misli körilmagan darajaga yetdi va kuzatuvlar tarixida eng kuçli eriş yili bölgan 2022-yilgi körsatkiçlarni ham ortda qoldirgan.
Ayrim muzliklarning örtaça qalinligi 2026-yilda 2,5-4 metrga qisqardi.
Ayrim «muz tillari» – köllarga tuşib keluvçi uzun va ingiçka muz qatlamlari – 2026-yilda 10 metrga qisqardi.
Olimlar muzliklar içkaridan qulaşini – iliq suv muz ostidagi böşliqlarni yuvib ketişi natijasida sodir bölayotganini tobora köproq kuzatmoqda.
Bir neça kiçik muzliklar butunlay yöqolib ketgan.




























